O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

6.
 
Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, 
ularni bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki umuman hal 
etib bo’lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni o’z 
zimmasiga olishi yoki zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi kerak.
 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi 
qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizim.
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va 
iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar. 
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) 
o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisi. 
Bozor ob’ekti – ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari 
va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar. 
Bozor sub’ekti – ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. 
Uy xo’jaliklari – iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko’rsatuvchi asosiy 
tarkibiy birlik.
Tadbirkorlik sektori – iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal 
qiluvchi birlamchi bo’g’ini.
Davlat sektori – o’z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan 
iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli budjet tashkilotlari va 
muassasalarining majmui. 
Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi 
harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. 
Ssuda kapitali bozori – pul shaklidagi kapitalning foiz to’lash sharti bilan qarzga 
berish bo’yicha oldi-sotdi munosabati.
Qimmatli qog’ozlar bozori – turli ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlar (aktsiya, 
obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar)ni oldi-sotdi munosabati.
Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o’rnatish va ularning bir maromda 
amal qilishga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Birja – namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam 
savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat muassasasi.
Tovar birjasi – oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil etish 
shakli.
Fond birjasi – qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bo’yicha rasmiy jihatdan tashkil 
etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.


118 
Valyuta birjasi – milliy valyutalar kurslari bo’yicha ularning erkin oldi-sotdisi 
amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli. 
Mehnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o’rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi 
bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro’yxatga oluvchi 
muassasa. 
Broker (makler) – bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini 
tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma.
Auktsion – alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun muayyan 
joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi.
Savdo yarmarkasi – muayyan belgilangan vaqtda va joyda o’tkaziluvchi hamda 
o’tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko’rgazmasi.
Savdo uyi – o’z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab 
chiqarish, bank, sug’urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni 
oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi.
Supermarket – bu xaridorning o’ziga o’zi xizmat ko’rsatishiga asoslangan keng 
tarmoqli savdo korxonasi.
Auditor firma – korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini 
tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o’tkazuvchi muassasa.

Download 8,58 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish