115
Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to’g’risidagi bitimlar tuziladi,
lekin tovarni yetkazib berish va uning haqini to’lash birjadan tashqarida yuz beradi.
Bunda tovarning egasi va xaridorlari qatnashishi shart emas.
Ular nomidan ishni
brokerlar (dallollar) yuritadi.
Broker (makler) – bu tovar, fond va valyuta
birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki
maxsus firma.
Ular odatda mijozlar topshirig’iga ko’ra va
uning hisobiga ish yuritadi,
kafolat beruvchi hisobiga o’z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin.
Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab chiqarilmagan, lekin
tayyorlanishi aniq bo’lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar
ham sotiladi.
Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan
birjalarda
ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi.
Auktsion – alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun
muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi.
Auktsionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro’yxati bo’yicha, ommaviy
sotuvga qo’yish yo’li bilan o’tkaziladi. Auktsion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum
davrda o’tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib
tushish mavsumi va hajmi
hisobga olinadi. Auktsion savdosida namuna tovarlar ro’yxatda ko’rsatilgan tartibda
savdoga qo’yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib
oladi. Auktsionlarda san’at
asarlari, noyob buyumlar, kollektsiyalar
ham sotilishi
mumkin.