• Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga
  • Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida
  • Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet115/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra
    bozorlar quyidagi 
    turlarga bo’linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va 
    ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy-texnika 
    kashfiyoti va ishlanmalar bozori. 
    Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga
    ko’ra ulgurji va chakana 
    savdoni ajratish mumkin. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar 
    hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do’konlar va boshqalar esa 
    sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda mahsulotlar yirik partiyalarda ko’tarasiga 
    sotiladi.


    112 
    Bozorning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lib 
    iste’mol
    tovarlari va xizmatlar 
    bozori
    hisoblanadi. Bu bozorda xo’jalik sub’ektlarining barcha uchta turi: uy xo’jaliklari, 
    davlat va korxonalar qatnashadi. 
    Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi 
    intellektual tovarlar 
    bozoridir
    . Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo’lgan tovarlar – ilmiy g’oyalar, texnika 
    yangiliklari, san’at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi. 
    Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnika ishlanmalarini ayirboshlash katta o’rin 
    tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat bo’lib, bu bozorda 
    asosan innovatsiya firmalari ish ko’radi. Mazkur firmalar yangiliklar yaratish, bozorda 
    sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha xizmat ko’rsatadi. 
    Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida
    tovar sifatidagi mehnat 
    vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna, 
    xomashyo, yoqilg’i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari ulgurji ravishda 
    sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste’molga emas, ishlab chiqarish 
    iste’moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab chiqarish talabini qondiradi. 
    Bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste’mol tovarlari va 
    resurslar bozori orqali ancha to’liq va yorqin namoyon bo’ladi (5.4-chizma).

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish