• Erkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko’p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud
  • Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet114/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    tuklik darajasiga qarab
    rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) 
    bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi. 
    Rivojlanmagan, 
    shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovarni tovarga 
    ayirboshlash (barter) usuli ko’proq qo’llaniladi.
    Bozorning bu turi tarixan hali 
    haqiqiy pul mavjud bo’lmagan davrga to’g’ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim 
    mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo’qotgan, bozor 
    iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ham bozorning bunday turi amal qilishi mumkin.
    Erkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda 
    ko’p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud 
    bo’lib, ular o’rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif 
    o’rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir.
    Erkin bozorda 
    raqobatning turli usullari qo’llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin 
    tabaqalanishi ro’y beradi. 
    Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni 
    ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat 
    tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi.
    Demak, davlat ham bozor 
    ishtirokchisi bo’lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon 
    rivojlangan bozorida
     
    turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi 
    sohalar taraqqiy etgan bo’ladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining 
    tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari o’rtasidagi tafovutlar me’yor 
    darajasida ushlab turiladi.
    Bozor 
    hududiy jihatdan
    ham turlicha bo’lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar 
    (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, 
    Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O’zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina 
    bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar 
    (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G’arbiy yevropa bozori) va nihoyat jahon bozori. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish