Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o’zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani,
qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor
narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab
ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi.
SHuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko’plab qo’shimcha vazifalari
ham keltiriladi. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun ularni maxsus chizma
ko’rinishida ifodalash mumkin (5.3-chizma).
5.3-chizma Bozorning vazifalari Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi.
Bozorning iqtisodiy mazmunini chuqurroq tushunish uchun uning turlari va ichki
tuzilishini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bozorning
vazifalari
Tartibga
solish
Ra
g’bat-
lantirish
Narxni
tashkil
etish
Nazorat
qilish
Int
еgrats
iyalash
лаш
Axborot
b
еrish
Vosita-
chilik
T
еjam-
korlik
Bozor sub’еktlarining
manfaatlarini ro’yobga
chiqarish
Iqtisodiyotni
so
g’lomlashtirish
111
5. Bozorning turlari va tuzilishi Hozirgi davrda bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi
murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga quyidagi mezonlar asos qilib olinadi:
bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor
sub’ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozorning ye