Iqtisodiy sub’ektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

3. Iqtisodiy sub’ektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi.
Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona, firma 
va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki xo’jasizlik, 
sustkashlik, beg’amlik har qanday xo’jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. 
Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni 
ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni 
xarakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi. 
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko’rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir 
qatorda boshqa ko’plab 
ijobiy jihatlarini
ham sanab o’tish mumkin. Jumladan: 
- uning ishlab chiqarishning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va 
ko’nikishining yuqori darajasi; 
-
fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy 
etishning jadal sur’ati; 
-
turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati; 
-
buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash; 
-
cheklangan axborot – turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish 
darajasiga yo’nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish 
imkoniyati. 
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o’ziga xos kamchilik 
va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati shundan iboratki, u 
o’zining bosh nazorat mexanizmi — raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yadi va 
hatto buni rag’batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita 
asosiy manbai mavjud:
1) bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib 
va o’z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo’lidan 
ozod bo’lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo’shilib ketishi, kompaniyalarning 
xufyona kelishuvi, raqobatlashuvning noqonuniy usullari (masalan, jismoniy kuch 
ishlatish, zo’ravonlik, tazyiq o’tkazish va h.k.)ni qo’llash – bularning barchasi 
raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining pasayishiga olib 
keladi;
2) bozor tizimi rag’batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning 
zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real 
kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo’lishini; v) kompleksli, markazlashgan va 
qat’iyan bir butun bo’lib birlashgan bozorning tarkib topishini; g) boy va ishonchli 
xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan 
keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishi zarurligini 
bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab 
chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko’p miqdordagi 
mayda firmalar emas, uncha ko’p bo’lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud 
bo’lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyojli tovarlar bilan ta’minlanishiga ham 
kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham 


107 
putur yetkazadi. Bozor tizimi o’zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi 
resurslarni taqsimlash layoqatini ham yo’qotib borishi mumkin. 
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi 
tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog’liq. Bunday 
iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf 
qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin. 
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan yana biri 
shundan iboratki, u ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif 
qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar 
bilan ta’minlash davlat zimmasida bo’ladi. 
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o’rtasidagi ro’y berib turadigan nomuvofiqlikni 
bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi. Bu pulning 
qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni orqali namoyon bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi 

Download 8,58 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiy sub’ektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish