105
Demak, bozor tizimi texnologiyaning o’zgarishi va har xil resurslar taklifi
tarkibidagi o’zgarishlarga moslashadi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag’batlantiradi. Birinchi bo’lib
tejamli texnologiyalarni qo’llash korxonaning o’z raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik
ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi korxonaning
iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning
tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida
har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo’lgan
texnika va texnologiya
yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar.
Qisqacha xulosa qilinadigan bo’lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida «nima, kim
uchun va qanday qilib ishlab chiqarish zarur» degan muammoga quyidagicha javob
beriladi:
a) yuqori foyda beradigan tovarlar va xizmatlar barcha to’lovga layoqatli
iste’molchilar talabiga yetarli hajmda
ishlab chiqariladi;
b) tovar va xizmatlar to’lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini
beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
d) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslarni
tejash imkonini beradigan
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.