• Davlat sektori – o’z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan
  • 5.1-chizma Bozor xo’jaligi sub’ektlari o’zaro aloqasining umumiy modeli
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Tadbirkorlik sektori
    – bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida 
    amal qiluvchi birlamchi bo’g’inidir.
    U ish yuritish uchun o’z kapitalini yoki qarz 
    olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab 
    chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar 
    va xizmatlarni yetkazib beradi. 
    Davlat
    sektori
    – o’z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan 
    iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli budjet tashkilotlari va 
    muassasalarining majmui.
    Shuningdek, ba’zi darslik va o’quv qo’llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir 
    alohida, mustaqil sub’ekti sifatida banklar ajratib ko’rsatiladi.
    24
    24
    Ekonomichеskaya tеoriya (politekonomiya): Uchеbnik/ Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, akad. G.P.Juravlеvoy. – 4-
    е izd. - M.: INFRA-M, 2004, s.78-79.; Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv 
    qo’llanma./Akad. M.Sharifхo’jayevning ilmiy tahriri ostida. – T.: «O’qituvchi», 2002, 74-b.


    100 
    Bank
    – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur Bo’lgan pul massasi 
    harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. 
    Shunday qilib, yuqorida keltirib o’tilgan bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining o’zaro 
    ta’siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (5.1-chizma). 
    5.1-chizma
    Bozor xo’jaligi sub’ektlari o’zaro aloqasining umumiy modeli 
     
     
     
     
     
    Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to’rtta tarkibiy 
    qismdan iborat bo’ladi: narx, talab, taklif, raqobat. 
    Narxlar nisbati o’zgarib turadi, shuning uchun narx, ishlab chiqaruvchi uchun 
    ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi zarurligini aniqlashda yo’l ko’rsatkich bo’lib 
    xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o’zgarishlar, o’z 
    navbatida, narxlardagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
    Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: 
    - turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy 
    mulkchilikning ustun turishi; 
    - tadbirkorlik va tanlov erkinligi
    - raqobat kurashining mavjudligi; 
    - davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; 
    - korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga 
    moslashuvchanligi. 
    Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir. 
    Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu 
    iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zarur. Uning 
    birinchi ko’rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g’arbdagi rivojlangan 
    mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish