|
II MODUL. BOZOR IQTISODIYOTI NAZARIYASI Pdf ko'rish
|
bet | 102/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIII MODUL. BOZOR IQTISODIYOTI NAZARIYASI.
5-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi
1.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari
2.Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi……
3.Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
4.Bozor va uning vazifalari.
5.Bozorning turlari va tuzilishi……
6.Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari….
Oldingi mavzuda tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonlarining
rivojlanishi natijasida pulning vujudga kelganligi, tovar-pul munosabatlarining
rivojlanib, iqtisodiyotning barcha jabhalarini qamrab olganligi, asta-sekin bozor
iqtisodiyotining shakllanib kelayotganligi bayon etildi.
Ushbu mavzu bozor iqtisodiyotining mazmunini bayon qilib berish bilan
boshlanib, uning asosiy belgilari, sub’ektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga
alohida o’rin ajratiladi. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari, uning
afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham o’rin beriladi.
Mavzu bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari
hamda unsurlarini yoritib berish bilan yakunlanadi.
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos
bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal
qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar
davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va
ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning
barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyutsiya davomida uning
amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi mavzuda ta’kidlanganidek, xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi va
ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va
mavjud bo’lishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti
ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud
bo’lishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga
oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti
taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin
almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim
shartlari bo’lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor
ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi
faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib beruvchi erkin narxlarning
shakllanishiga imkon yaratadi.
|
| |