108
qadar mehnat taqsimotining ro’y berishi natijasida vujudga kelgan bo’lib, u ijtimoiy
takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti
esa bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi natijasi bo’lib,
tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko’rsatuvchi iqtisodiy tizimni
anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab chiqarish,
ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor esa faqat bitta
fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o’z ichiga oladi.
Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o’xshab ko’rinadi,
ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o’ylashadi.
Lekin
uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko’p qirrali bo’lib, mazmuni o’zgaruvchan
ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor
tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u
ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar
ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan.
Dastlab bozor ikki yoki bir necha qabila a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv
joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning
paydo bo’lishi bilan
alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar oldi-sotdi qilganlar.
Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T – T ko’rinishida, ya’ni bir turdagi tovarga
boshqa turdagi tovarni ayirboshlash shaklida bo’lgan. Bunday ayirboshlashda vaqt va
masofa bo’lmay, bir vaqtning o’zida o’sha joyda almashuv jarayoni sodir bo’lgan.
Keyinchalik tovarlarni bunday tarzda ayirboshlashning ziddiyatlari kuchayib borishi
natijasida pul kelib chiqib, sotish va sotib olish jarayoni ikkiga ajralgan va T – P – T
ko’rinishini olgan. Endi tovarni sotish (T – P) va sotib olish (P – T) zamon va makon
jihatidan mos kelmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o’z tovarini bir joyda pulga
ayirboshlab, o’ziga kerakli tovarni boshqa vaqt va boshqa joyda sotib olishi mumkin.
Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlarni
ishlab chiqaruvchidan olib
iste’molchiga, bir joydan ikkinchi joyga olib borib sotish bilan shug’ullanadigan
maxsus guruhlar paydo bo’ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar-pul
harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini
bog’laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi
ham bir-
birlari bilan uchrashishi shart bo’lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa
qilishlari mumkin bo’lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o’zgarib, yangi
ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo’la
boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o’ziga xos muhim tovar – ishchi kuchining
paydo bo’lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi.
Endilikda ishlab chiqarilgan
tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish
vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o’tib, ishlab chiqarishga jalb etila
boradigan, ularning bir-biriga o’zaro ta’siri to’g’ridan-to’g’ri emas, balki bilvosita –
bozor orqali sodir bo’la boshladi.
Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan
iste’molchilarning ko’p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o’zaro
bir-birlariga
109
bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bo’g’in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini
ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi.