|
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari Pdf ko'rish
|
bet | 108/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
Oldingi mavzudan ma’lumki, mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti
o’zining afzalliklari bilan ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy
tizimning samarali va barqaror amal qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng avvalo,
bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
1.
Resurslarni taqsimlashning samaradorligi.
Bozor tizimi resurslarni samarali
taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni
jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi. U
ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg’unlashtirishning ancha samarali usullarini va
ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo’llashni taqozo etadi.
Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat
uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab
chiqarishni ta’minlaydi.
2.
Iqtisodiy faoliyat va tanlov
e
rkinligi.
Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim
afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi. Ijtimoiy ishlab
chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo’lib alohida shaxs va
korxonalar
iqtisodiy
faoliyatini
uyg’unlashtirish
hisoblanadi.
Bunday
uyg’unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi – markazdan
boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo’llash bo’lsa, ikkinchisi – bozor tizimi
vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni
majbur qilmasdan uyg’unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va
tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.
|
| |