|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 111/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI Bozor – ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o’rtasida pul orqali ayirboshlash
jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi.
Bozorning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
- sotuvchi va xaridorlarning o’zaro kelishuvi, ekvivalentlilik printsipi asosida
ayirboshlash;
- sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi;
- to’lovga layoqatli bo’lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilik.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi,
ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo’lib, hozirgi davrda
keng tarqalgan ob’ektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo’lsa narxlar oshib
ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi
me’yoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega bo’ladi. Aksincha, bozorda tovarlar
miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko’radilar.
Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no’noqlik va xo’jasizlik yuz berib,
ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yilsa ham zarar oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda
sarflarni hisobga olmaydi. Bularning barchasini bozor o’z mexanizmi orqali amalga
oshiradi.
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga
solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va
vositalar.
Bozorning iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning ob’ekti va sub’ektini ajratib
ko’rsatish lozim bo’ladi.
Bozor ob’ekti – ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan
iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan
moliyaviy aktivlar.
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo’jalik mahsulotlari do’konlari,
avtomobilga xizmat ko’rsatish stantsiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat
tovarlari do’koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik
savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari bozorning
odatdagi ko’rinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don birjalari va
auktsion kabilar bozorning yuqori darajada rivojlangan ko’rinishlaridir.
|
| |