• Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga yetkazib berishdan iboratdir.
  • Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi.
  • Bozor sub’ekti – ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Bozor sub’ekti – ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. 
    Bozor sub’ektlari 
    ikki guruhga – sotuvchi va xaridorlarga bo’linib, ular bozor munosabatlarining turli 
    vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar 
    esa ularga talab bildiradi. Bozor o’z sub’ektlari manfaatini bir-biriga bog’lab, ularni 
    muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda sotuvchi va xaridorlar o’rtasida bevosita 
    aloqa mavjud bo’lsa, boshqalarida bilvosita aloqa mavjud bo’lib, ular hech qachon bir-
    birini ko’rmaydi yoki bilmaydi.
    Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar 
    va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga yetkazib berishdan 
    iboratdir.
    Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog’laydi, ishlab 
    chiqarilgan tovar yoki xizmat o’z iste’molchisini topadi. Bunda bozor vositachi bo’lib 


    110 
    xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar shaklidan pul 
    shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar bozor 
    tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va tovarning bozor 
    qiymati hosil bo’ladi. 
    Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning uzluksiz 
    takrorlanib turishiga yordam beradi.
    Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun 
    yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy 
    resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag’lar 
    hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo’li bilan sarflangan ishlab 
    chiqarish vositalari o’rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 
    kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo’ladilar. Bozor orqali resurslarning erkin 
    harakati ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o’rtasida taqsimlanishi ro’y beradi. 
    Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo’lgan talabini bildiradi. Bozor bu talabni 
    ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilarga uzatadi. Resurslar talab 
    bildirgan tarmoqlar va sohalar o’rtasida taqsimlanib turadi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bozor sub’ekti – ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish