• Savdo uyi – o’z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug’urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi
  • Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o’z mulki sifatida sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. Ch akana savdo firmalari
  • Supermarket – bu xaridorning o’ziga o’zi xizmat ko’rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi.
  • Savdo yarmarkasi – muayyan belgilangan vaqtda va joyda o’tkaziluvchi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet120/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Savdo yarmarkasi – muayyan belgilangan vaqtda va joyda o’tkaziluvchi 
    hamda o’tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari 
    ko’rgazmasi.
    Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari o’rtasida 
    tuzilib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi. 
    Savdo uyi
    – o’z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab 
    chiqarish, bank, sug’urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi 
    firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi.
    U ixtisoslashgan yoki 
    universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-
    kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo 
    qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o’rin tutadi. Ular tijorat ishini 
    yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik 
    sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan 
    shug’ullanadigan turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham 
    shug’ullanadi. 
    Savdo uylari o’z nomidan va ko’pincha o’z hisobidan eksport-import hamda 
    boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib 
    olish, jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug’urta xizmati 
    ko’rsatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi. 
    Ulgurji savdo firmalari
    tovarlarni o’z mulki sifatida sotib olib, keyin 
    iste’molchilarga sotadi. Ch
    akana savdo firmalari
    turlicha faoliyat yuritib, ular 
    mustaqil do’konlar, maxsus do’konlar va supermarketlardan iborat bo’ladi. 


    116 
    Supermarket – bu xaridorning o’ziga o’zi xizmat ko’rsatishiga asoslangan 
    keng tarmoqli savdo korxonasi. 
    U tovarlarning deyarli barcha turlari bilan, jumladan 
    import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar 
    beradi, tovarlarni buyurtma bo’yicha xaridor uyiga yetkazadi, ularga madaniy-maishiy 
    xizmat ko’rsatadi. 
    Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar 
    alohida o’ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo’lgan kapital bozorini 
    shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o’rnatadi. Moliyaviy muassasalarning 
    aksariyati o’ziga xos belgilar bilan bir qatorda yagona umumiy belgiga ham ega. Bu 
    ular faoliyatining doimo moliyaviy majburiyatlar bilan bog’liqligidir. Ya’ni, 
    moliyaviy muassasalar sub’ektlarning ortiqcha pul mablag’larini jalb etib, o’z 
    nomidan moliyaviy mablag’larga ehtiyoj sezgan sub’ektlarga pul qarz beradi. 
    Bozor infratuzilmasining banklar, sug’urta kompaniyalari, soliq va bojxona 
    idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o’ziga xos o’ringa 
    ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o’rni bilan 
    keyingi mavzularda batafsil tanishamiz. 
    Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor 
    infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari 
    zimmasiga tushadi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Savdo yarmarkasi – muayyan belgilangan vaqtda va joyda o’tkaziluvchi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish