119
6-mavzu. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistondagi xususiyatlari
1.O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari
2.O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari
3.O’zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo’nalishlari
4.O’zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni, vazifalari va
ahamiyati
5.Mamlakatni jadal isloh etish va modernizatsiyalashning mohiyati, tamoyillari va
asosiy yo’nalishlari
Iqtisodiyotda bozor munosabatlarini shakllantirishda maxsus o’tish davri zarur
bo’lib, bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Bu mavzuda o’tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodiyotiga o’tish
yo’llari bayon qilinadi. Shuningdek, O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning
tamoyillari va xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirishning
mazmuni, maqsadi va asosiy yo’nalishlari ko’rsatib beriladi.
Mavzu bozor munosabatlariga o’tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni
chuqurlashtirish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, strategik vazifalarni
amalga oshirish yo’llarini tahlil qilish bilan yakunlanadi.