|
) tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar Pdf ko'rish
|
bet | 118/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI1) tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar
(ombor
xo’jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi korxonalar, birjalar, auktsionlar,
savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari va h.k.);
2) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar
(bank, kredit
muassasalari, sug’urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari va h.k.);
3) ijtimoiy sohaga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar
(uy-joy va kommunal
xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.);
4) axborot xizmati idoralari
(ma’lumotlarni to’plash, umumlashtirish va sotish
bilan shug’ullanuvchi muassasalar).
Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq,
moliya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlarni topishiga, ishchi kuchini yollashiga
ko’maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo’yicha tadbirlarini amalga
oshiradi, tijorat aloqalarini o’rnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulki
doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat ko’rsatsa, boshqalari mustaqil tijorat
muassasasi va uyushmalaridan iborat bo’lib, ko’rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi
muassasalar muhim o’rin tutishi sababli ulardan asosiylarining qisqacha tavsifiga
to’xtalib o’tamiz.
Birja – namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam
savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat muassasasi.
Uning tovar birjasi, fond
birjasi, valyuta birjasi, mehnat birjasi singari turlari keng tarqalgan.
Tovar birjasi – oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil
etish shakli.
Fond birjasi – qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bo’yicha rasmiy jihatdan
tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.
Valyuta birjasi – milliy valyutalar kurslari bo’yicha ularning erkin oldi-
|
| |