|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 128/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIIkkinchi bosqichda
investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy
o’zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab, bozor
munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib
O’tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko’rsatish borasida birinchi
bosqichda tutilgan yo’l davom ettirildi.
3. O’zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo’nalishlari
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan
butunlay boshqa yangi turiga o’tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va
uning asosiy yo’nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi.
Iqtisodiy islohotlar –
iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-
tadbirlar majmui.
Iqtisodiy islohotlardan ko’zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va
faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy yetukligiga
erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o’tishning nazariy modeli yaratildi
(bu boradagi ma’lumotlar mazkur mavzuning 2-bandida bayon etildi).
Bu modelda yangi iqtisodiyotga o’tishning umumiy tomonlari va milliy
xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo’nalishlari belgilanadi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning
asosiy yo’nalishlari
quyidagilardan iborat:
- mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
- agrar islohotlar;
- moliya-kredit va narx-navo islohoti;
- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
- ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlarning bosh bo’g’ini
|
| |