• Uy xo’jaliklari – iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko’rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Bozor iqtisodiyoti

    bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul 
    muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan 
    iqtisodiy tizimdir. 
    Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, 
    uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy 
    monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti – bozor xo’jaligi 
    sub’ektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va 
    ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi deb baho 
    beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari – 
    ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy 
    munosabatlarning barcha sub’ektlarini qamrab oladi. 
    Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o’rtacha rivojlangan 
    iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo’lib, har yili ularning 1/10 
    qismi yangilanib turadi. Bunday sharoitda bozorning ishtirokisiz tovar turlari va hajmi 
    bo’yicha talab va taklifni tartibga solishni tasavvur ham qilib bo’lmaydi. Bu esa 
    bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari 
    muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng 
    samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim 
    hisoblanadi. 
    Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchi 
    ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog’ozlar 
    egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy sub’ektlari uchta 
    guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat sektori. 
    Uy xo’jaliklari

    iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko’rsatuvchi 
    asosiy tarkibiy birlik.
    Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat 
    ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor 
    iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib 
    beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari 
    shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish