560
(o’zlashtirish qiyin bo’lsa, savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni
tizimli bayon eta olmasa va h.k) o’qituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil
o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn o’qituvchiga himoya qilish orqali
topshiriladi.
O’quv jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan iqtisodiyot nazariyasi fani
bo’yicha mustaqil ishlar ko’proq referatlar qo’rinishida bo’lib kelmoqda. Referat
talabalar ilmiy ishlarining birinchi shaklidir. Talabalar ilmiy ijodi o’quv jarayonlaridan
biri sifatida o’qitish, bilim berish va tarbiyalash vazifalarini bajarishda o’z
xususiyatlariga ega. Talaba tadqiqot
faoliyatiga jalb qilinib, ilmiy adabiyotlar bilan
ishlash, statistik va boshqa materiallarni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish
ko’nikmalariga ega bo’ladi, o’rganilayotgan hodisani tanqidiy baholashga o’rganadi,
nazariyani amaliyot bilan bog’laydi va h. k.
Agar referat tayyorlashning darslik bo’yicha tayyorlangan seminar
mashg’ulotidagi chiqishga qaraganda mazmun va sifat
jihatdan yuqoriligi hisobga
olinsa, referat shubhasiz katta foyda keltiradi. Talaba auditoriya oldida referatda bayon
qilingan qoidalarni himoya qilishga, yoqlashga tayyorlanishi kerak,
iqtisodiyot
nazariyasini o’rganishda bu muhim ahamiyatga ega.
Referat
- bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur
shakl talaba tomonidan referat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar
mazmunini oldindan rejalashtirish, referatni tayyorlash
va muhokama qilishning
barcha bosqichlarida kafedra professor-o’qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami
va maslahati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu yerda o’qituvchi
tomonidan talabalarning referat ishlariga rahbarlik qilish qanchalik batafsil va
malakali amalga oshirilganligi va referatlarga talablar mezoni qanchalik to’g’ri
qo’yilganligi albatta, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Topshiriq talabalarning referat
yozish ko’nikmalarini, ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini
hisobga olgan holda
berilishi juda muhim.