561
ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o’quv adabiyotlari,
ilmiy-
tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar
hamda boshqa axborot
manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to’playdi.
Kasb ta’limi (Iqtisodiyot) yo’nalishi 1-kurs talabalari uchun o’quv yilining 1-
semestrida fan bo’yicha kurs ishi bajarilishi rejalashtirilganligi sababli, semestrda 30
soat hajmidagi mustaqil ish kurs ishi bajarish va uni himoya qilish doirasida bajariladi.
3.Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish
va nazorat qilish» bo’yicha yo’riqnomada belgilangan quyidagi asosiy tamoyillarga
rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
1. Talabalar mustaqil ishlarini ikki ko’rinishda – auditoriyada
va auditoriyadan
tashqarida tashkil etish.
2. Talabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni
bosqichma-bosqich,
oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta’minlash.
3. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi muhim
jihatlarga e’tibor qaratish:
talabaning o’qish bosqichi;
muayyan fanning o’ziga xos xususiyati, o’zlashtirishdagi qiyinchilik darajasiga;
talabaning qobiliyati, nazariy va
amaliy tayyorgarlik darajasiga;
fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasiga;
talabaning axborot manbalaribilan ishlay olish darajasiga;
mustaqil ish uchun topshiriqlar kursdan-kursga o’tish bilan shakl va hajm
jihatidan o’zgarib borishiga;
mustaqil ish fan xususiyati hamda talabaning akademik o’zlashtirish darajasiga
va qobiliyatiga mos holda tashkil etish.