|
-mavzu. Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari Pdf ko'rish
|
bet | 612/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI3-mavzu. Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
Ijtimoiy-iqtisodiyot taraqqiyot bosqichlarini bilishga turli xil yondashuvlar: tarixiy-
formatsion, madaniylashish (tsivilizatsiya) darajasi, texnika va texnologik darajasi,
iqtisodiy tizimlar o’zgarishi jihatidan yondashuv. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari.
Ishlab chiqarish munosabatlari. Ishlab chiqarish usuli. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya.
Sivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish tiplari. Sivilizatsiyalarning almashuvi nazariyasi. Ishlab
chiqarishning texnologik usuli. Oddiy kooperatsiya, manufaktura va yirik mashinalashgan
ishlab chiqarish. Industrlashishgacha bo’lgan jamiyat, industrlashgan jamiyat, yuqori
industrlashgan (axborotlashgan) jamiyat.
Iqtisodiy tizim tushunchasi. Iqtisodiy tizim modellari: an’anaviy iqtisodiyot,
ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyoti. Bozor iqtisodiyotining bosqichlari:
erkin raqobatga asoslangan va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Mulkchilik
munosabatlarining iqtisodiy mazmuni: egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish. Mulk
ob’ekti va sub’ekti. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy jihatlari. Mulk shakllarining
tasniflanishi.
Davlat mulki, jamoa mulki, shaxsiy mulk, xususiy mulk va aralash mulk.
Iqtisodiyotni isloh qilishda mulkchilikning o’rni. Mulkchilik shakllarini o’zgartirish
usullari: milliylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Davlat mulkini
xususiylashtirishning usullari. O’zbekiston Respublikasida mulkchilikni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari.
2017-2021 yillarda davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning
tartib-taomillarini soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg’armalarida
davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy mulk huquqi va
kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash.
|
| |