|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 610/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI
5-modul. Jahon xo’jaligi
25
25-mavzu. Jahon xo’jaligi va uning evolyutsiyasi
2
26
26-mavzu. Xalqaro iqtisodiy integratsiya va O’zbekistonning jahon
hamjamiyatiga kirib borishi
2
27
27-mavzu. Jahon bozori. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari
2
60
III.1. SEMINAR MASHG‘ULOT MAVZULARINI
1-modul. Iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari
1-mavzu. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti va bilish usullari
Iqtisodiyot tushunchasi va uning qamrov jihatidan turlari. Iqtisodiy faoliyatning
mazmuni. Takror ishlab chiqarish fazalari: ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash,
iste’mol. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning o’sib borishi
qonuni. Iqtisodiy resurslarning mazmuni va turkumlanishi. Iqtisodiy resurslar va
ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bog’liqlik. Iqtisodiyot oldidagi muammolar.
Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi. Qadimgi SHarq va G’arb
xalqlaridagi iqtisodiy g’oyalar. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi
asosiy oqimlar: merkantilizm, fiziokratlar, ingliz klassik iqtisodiy maktabi, marksizm va
marjinalizm. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to’g’risida turlicha yondashuvlar. Iqtisodiyot
nazariyasi fanining predmeti. Iqtisodiy hodisa va jarayonlar. Moddiy va ma’naviy
ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi
iqtisodiy munosabatlar.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari. Iqtisodiyot nazariyasining boshqa fanlar
bilan o’zaro bog’liqligi. Iqtisodiyot nazariyasi – barcha iqtisodiy fanlarning uslubiy
poydevori va davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi ekanligi. Hozirgi zamon iqtisodiy
tafakkurining shakllanishida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini tahlil qilish va
bilishda iqtisodiyot nazariyasi fanining roli. Iqtisodiyot nazariyasi fanining talaba-yoshlar
ongida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda va milliy istiqlol g’oyasini singdirishdagi
ahamiyati.
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi.
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni bilish usullari: iqtisodiy qonunlar, hodisalar va
jarayonlarni ilmiy bilishning dialetik qoidalari, ilmiy abstraktsiya, induktsiya va
deduktsiya, tahlil va sintez, mantiqiylik va tarixiylikning birligi, ikki tomonlama
yondashuv, empirik usul va farazlardan foydalanish. Mikro va makroiqtisodiy tahlil.
Iqtisodiy tahlilda matematik, statistik va grafik usullardan foydalanish. Pozitiv va normativ
usullar. Mamlakatimiz Prezident SH.Mirziyoev ma’ruzalarini va O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasini o’rganishning ilmiy-
uslubiy ahamiyati.
|
| |