• Bajardi
  • Xulosa
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti




    Download 496.3 Kb.
    bet1/7
    Sana03.06.2023
    Hajmi496.3 Kb.
    #69276
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    interfaol uslublar
    8 Mavzu, kompyuter tarmoqlari 1-mustaqil ish, Dasturiy ta, wp9863, 1-dars Natural sonlar ustida, Big bite, My day, Мустакил иш АБН, 3-mavzu Allomalarimiz, 5-Mavzu Pedagogik dasturiy vositasilardan o‘quv jarayonida foyd, 1-bob. Multimеdia ma`lumotlarini qayta ishlovchi dasturiy vosita, atom yadrosining tuzilishi, 4-Mavzu O‘quvchilarning psixofiziologik xususiyatlarini va komp, 9-Mavzu Zamonaviy dasturlash tillarida, web-texnologiyalari aso

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
    O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
    PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    BOSHLANG’ICH TA’LIM” FAKULTETI
    BOSHLANG’ICH TA’LIM” YO’NALISHI
    3-KURS 311-GURUH
    KURS ISHI
    Mavzu: ”Savod o’rgatish tayyorlov davri yozuv darslarini tashkil etishda interfaol metodlardan foydalanish”


    Bajardi:Nuriddinova Maftuna
    Ilmiy rahbar: Ergashova Surayyo


    Toshkent-2023
    REJA:
    Kirish……………………………………………………………………....3-7
    I bob Boshlang'ich sinf o'quvchilarini yozuvga o'rgatish metodlari
    1.1 Analiz – sintez metodi……………………………………………….…17

    II. Bob. Savod o’rgatishning tayyorlov davri yozuv darslarida zamonaviy usullardan foydalanish


    2.1 Interfaol usullardan foydalanib dars o'tish.............................................18-25
    2.2 Ona tili darslarida o'quvchilarni savodli yozishga o'rgatish usullari......25-32
    Xulosa……………………………………………………………………..33-34
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………..35-36

    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng barcha sohalarda islohotlar amalga oshirildi. Xususan, ta’lim sohasi ham davlat siyosatining ustuvor ahamiyatga yo’nalishlaridan biriga aylandi. “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning mazmunmohiyati hayotga jadal tadbiq etildi. Respublikadagi uzluksiz ta’lim tizimining shakli bilan mazmuni takomillashib bordi. O’quvchini mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka undovchi, faolligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonidan o’rin oldi. O’quv mashg’ulotlarini qiziqarli, o’qituvchi va o’quvchi hamkorligiga tayanuvchi o’zaro faol munosabatlar asosida tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish ta’limiy va tarbiyaviy zaruratga aylandi. Qisqa vaqt oralig’ida ta’lim va tarbiyaning yetakchi maqsad hamda vazifalarini amalga oshirish, yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlovchi pedagogik texnologiyani boshlang’ich ta’lim jarayoniga tadbiq etish vositasida o’quvchilar mustaqil fikrlash qobiliyatini, nutqini, kitob o’qish malakasini o’stirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.
    Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’z nuqtai nazariga, qarashlariga ega insoniy fazilatlar sohibi sifatida shakllanishi esa ularning hatti-harakatlari, o’z burchiga munosabati, atrofdagilar bilan muloqoti orqali yaqqol namoyon bo’ladi. Shu bois, o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini o’stirish, muloqot madaniyatini egallab borishlarida ta’lim hamda tarbiya imkoniyatlaridan foydalanish ham dolzarb ahamiyatga ega. Mazkur Kurs ishiida savod o’rgatish davrida pedagogik texnologiyadan foydalanish orqali dars samaradorligini o’stirish omillari, samarali metod va usullarni qo’llash texnologiyasi asosidagi darslarni loyihalashtirish metodikasi yoritilganligi uning dolzarbligini belgilaydi.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch» kitobida ta'kidlaganidek: «O'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror mo’jizasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.1 Respublikamiz ijtimoiy va madaniy hayotida, xalq xo'jaligining barcha sohalarida davlat tilida aniq va pishiq ish olib borish. Fikrni og'zaki va yozma shaklda to'g'ri, ravshan, izchil ifodalay bilish, milliy-ma'naviy qadriyatlarni puxta egallash singari talablar barkamol mutaxassislar tayyorlashning muhimshartidir. So’nggi yillarda pedagogika faniga, ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni, intnegratsion texnologiyalarni ta’lim beruvchi tomonidan o’zlashtirilib va qo’llanib borilishi, ta’lim mazmunini tubdan o’zgartirib yubordi desak mubolag’a bo’lmaydi.
    O’quvchilarini fanga ijodkorlik nuqtai-nazari bilan qarashlarini tashkil qilish, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirish va albatta, yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etish kerak bo’ladi. Buning uchun esa u bir necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak. Shu yerda birinchchi Prezidentimiz I.A. Karimovning «Biz o’g’il-qizlarimizni o’zlarini anglashga, mustaqil, ongli fikrlashga, ularning tafakkurida bo’shliq vujudga kelishigi yo’l qo’ymasligimiz lozim»2 degan so’zlarini misol qilib keltirgan holda maktab o’quvchisi, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey talabalarining nutq boyligi, uquvliligini oshirishimiz, badiiy va ilmiy adabiyotlarga qiziqishini rivojlantirishimiz, ularning dunyoviy va diniy ilmlardan qay darajada xabardorligini aniqlashimiz kerak bo’ladi. Chunki, ko’p o’qigan va uqqan yoshlarni aldash, milliy g’oyamizga yot bo’lgan g’oyalar sari yetaklash xalqimiz dushmanlari uchun uddalab bo’lmaydigan masalaga aylanadi.
    Mazkur to’plamning bosh g’oyasini quyidagi so’zlarda mujassam bo’lgan eng muhim o’zak fikr tashkil etadi: «Biz o’tgan davrda amalga oshirgan ishlarimizga baho berar ekanmiz, «Kecha kim edigu bugun kim bo’ldik?» degan savol asosida ularning mohiyati va ahamiyatini o’zimizga chuqur tasavvur etamiz. Ayni vaqtda «Ertaga kim bo’lishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak?» degan savol ustida o’ylashimiz, nafaqat o’ylashimiz, balki amaliy ishlarimiz bilan bunga javob berishimiz lozim». Ana shunday yondashuv asosida mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib o’tgan tarixiy yo’li teran tahlil qilinib, bu hayotiy savollarga chuqur va haqqoniy javoblar berilgani kitobning qimmatini yanada oshiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli ko’p jihatdan ta’lim-tarbiya tuzulishini hozirgi davr talabiga ko’tarish har tomonlama barkamol shahsni shakllantirishga bog’liq. Chunki, jamiyat taraqqiyotining asosiy uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi bilan bir qatorda shu jamiyatda yashayotgan fuqarolrning intelektual va ma’naviy samaradorligini ham belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda har bir Davlatning istiqbolimizning ta’lim tuzulishini qay darajada ekanligi bilan belgilanadi.
    Yurtimiz mustaqillikka erishgan ilk yillardayoq mamlakatimizda ta’lim tuzulishini rivojlantirish bo’yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Ya’ni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida (1997-yili 29-avgust) qabul qilingan, hamda bugungi kunda amaliyotga keng ko’lamda tadbiq etilayotgan “Ta’lim to’g’risidagi”qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinishi fikrimizning yorqin dalilidir. Ushbu muhim hujjatlar asosida ta’lim tuzilishida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning muhim pog’onasi hisoblanadigan umumiy o’rta ta’lim maktablarida yuksak islohotlarni amalga oshirish ularda bunyodkorlikni yanada avj oldirish maqsadida birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning 2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to’g’risidagi farmoni, qator hukumat qaroralarining qabul qilinishi ta’lim sohasida tub burilish yasashga asos bo’ldi. Mazkur dasturda ko’zda tutilgan masalalardan biri-ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini takomillashtirish zamirida avvalo umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim samaradorligini oshirish, o’quvchilar bilimini har tomonlama yuksalishiga e’tibor berish mazmuni o’z aksini topgan. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o’rin egallashi tabiiydir. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelgan o’g’ilqizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana. Ulug’ ajdodimiz nima deb yozganlar: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va qul, asir bo’lishi ularning o’z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog’liq”. Bugungi tez o’zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangiyangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko’rilmagan turli xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G’arazli kuchlar soda, g’or bolalarni o’z ota-onasiga, o’z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo’lmoqda.
    Bugungi kunda ayrim joylarda panolarda, viveskalarda, jamoat joyidagi e’lonlarda ayrim orfografik va imlo qoidalari buzilgan holatdagi yozuvlarni uchratishimiz mumkin. Afsuski bunday kamchiliklar tez-tez ko’zga chalinib turibdi. Albatta bularning barchasiga yoshlikdanoq savodli yozish ko’nikma va malakalarini shaklllantirishga yaxshi e’tibor qaratilmasligi deb olishimiz mumkin. Shuning uchun ham o’quvchilarni ilk maktab yoshidanoq savodli yozishga o’rgatib borish bugungi kunda ham dolzarb va ahamiyatli muammolardan biri bo’lib qoladi.

    Download 496.3 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 496.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

    Download 496.3 Kb.