|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti informatika va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi Pdf ko'rish
|
bet | 80/291 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 10,42 Mb. | | #259172 |
Bog'liq УМК Ихтисос Даст Воситалар (1)Mathematica
sistemaining l- versiyasi jamoatchilik hukmiga havola
etildi.
Mathematica
dasturi Amerika jamoatchiligi tomonidan shu yilda, ya’ni 1988 yilda
yaratilgan buyuk texnik va matematik kashfiyotlarning 10 tadan bittasi sifatida qayd etilgan.
Mathematica
ning dastlabki varianti asosan Makintosh turidagi kompyuterlar uchun
mo’ljallangan bo’lsada oradan 6 oy o’tgandan so’ng MS-DOS operatsion sistemai muhitida
ishlaydigan
Mathematica
dasturining yangi versiyasi paydo bo’ldi. 1991 yilda dasturning 2
versiyasi, 1996 - yilda esa Mathematica 3.0 versiyasi taklif etildi. Shundan keyin bu dasturiy
sistema 20 dan ortiq operatsion sistemalar, ya’ni Microsoft Windows, Windows NT, OS/2,
Linux, Unix va boshqa operatsion sistemalar muhitida ishlash uchun moslashtirildi. Hozirgi
kunda
Mathematica 4
(2000-yil),
Mathematica 5
(2003-yil) va
Mathematica 6
(2008-yil)
sistemalari keng ko’lamda foydalanilmoqda.
Mathematica 4.0 - Mathematica 6.0
sistemalari
o’zlarining qulay va tushunarli interfeysi turli-tuman tabiatidagi hisoblash jarayonlariga
qo’llanilish imkoniyatining mavjudligi bilan o’zlarining oldingi avlodlaridan keskin farq qiladi.
Shu kunlarda muhandislar, iqtisodchilar, aniq fanlar mutaxassislari o’zlarining ilmiy
tadqiqotlarida
Mathematica
dasturining imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqdalar.
Jahonning etakchi universitetlari o’zlarining o’quv jarayonlariga bu sistemani keng ko’lamda
joriy qilganlar.
Shunday tabiiy savol tug’iladi:
«Shuncha ilm ahlini, muhandislarni, qolaversa professor
-o’qituvchilarni, talabalarni o’zining imkoniyatlari bilan o’ziga rom qilgan bu sistemaning
imkoniyatlari qay darajada? U o’zining qaysi tomonlari bilan mavjud sistemalar va dasturlash
tillaridam farqqiladi?
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti informatika va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi
|