88
• yuqori darajada tashkil etilgan ma’lumotnoma sistemasi;
• analitik va sonli ifodalar ustida amallar bajaruvchi protsessor;
• muloqot jarayonidagi noaniqliklarni ko’rsatuvchi, bashoratlovchisistemasi;
• sistemaning bevosita yadrosiga biriktirilgan tayyor dastur va funktsiyalar kutubxonasi
va vositalardan unumli foydalanish imkonini beradi.
Yuqorida sanalgan vositalar amaliy dasturiy ta’minot yaratish jarayonida o’rganiladigan
masalaning matematik modelini qurish, hisoblash usullarini tanlash,hisoblash eksperimentlarini
o’tkazish va olingan natijalarni tahlil qilish jarayonini to’liq avtomatlashtirish imkonini beradi.
Bu esa ADT ni tashkil etish protsedurasini va masalalarni EHM da echishning an’anaviy
ketma-ketligini tubdan o’zgartirishga olib keladi. Shunday qilib, yuqorida aytilganlarga
qo’shimcha sifatida shuni aytish mumkinki,
Mathematica 5.0
sistemasida barcha bajariladigan
ishlar bloknot (hujjat) sifatida tashkil qilinib, muloqot interaktiv tartibda amalga oshiriladi.