|
-ilova
Umurtqali hayvonlar turlari qiyosiy baholanishi
|
bet | 71/194 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #105264 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.org4-ilova
Umurtqali hayvonlar turlari qiyosiy baholanishi
№
|
Sinflar
|
Dunyo miqiyosida
|
MDHda
|
O’zbekistonda
|
|
Baliqlar
|
22000
|
500
|
83
|
|
Amfibiyalar
|
2300
|
34
|
3
|
|
Sudralib yuruvchilar
|
6750
|
147
|
59
|
|
Qushlar
|
9672
|
764
|
424
|
|
Sut emizuvchilar
|
4327
|
332
|
97
|
5-ilova
O’zbekiston umurtqali hayvonlarining endemik darajasi
Sinf
|
Turlar soni
|
%
|
Umumiy
|
Endemik
|
Sudraluvchilar
|
58
|
30
|
51,7
|
Qushlar
|
424
|
8
|
1,8
|
Sut emizuvchilar
|
97
|
15
|
154
|
Jami:
|
579
|
53
|
9,2
|
6-ilova
“Nilufar guli” chizmasi orqali O’zbekiston hayvonot dunyosining qisqarib ketish holatlari aniqlanadi.
B
Z
C
D
B Z C
D F
G H Y Y
F
G
H
Y
13 - mavzu.
|
Muhofazaga olingan hududlar (2 soat).
|
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 30 nafar
|
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Vizual ma’ruza, ikki tamonlama taxlil
|
Ma’ruza mashg’ulotining rejasi
|
1. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar trisida tushuncha
2. O’zbekiston Respublikasining alohida muhofaza qilinadigan hududlari
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Muhofazaga olingan hududlar to’g’risida aniq tasavvur hosil qilish
|
Pedagogik vazifalar:
- Alohida muhofaza qilingan hududlar to’g’rsida ma’lumot beradi.
- O’zbekiston Respublikasining alohida muhofaza qilinadigan hududlari haqida fikr yuritadi.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
- Alohida muhofaza qilingan hududlar to’g’rsida ma’lumotga ega bo’ladi.
- O’zbekiston Respublikasining alohida muhofaza qilinadigan hududlari haqida tushuncha hosil qiladi.
|
O’qitish uslubi va texnikasi
|
Ma’ruza, axborot, “KKIT” uslubi, Blits so’rov.
|
O’qitish vositalari
|
Matn, proektor, doska, bo’r.
|
O’qitish shakli
|
Jamoada, guruhda ishlash.
|
O’qitish sharoitlari
|
Jihozlangan auditoriya.
|
Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
Bosqichlar, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
o’qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich.
Kirish
(10 min)
|
1.1. Ma’ruzaning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o’quv mashg’ulotining maqsadi va o’quv faoliyat natijalarini tushuntiradi (1-ilova)
|
1.1. eshitadilar, yozadilar va javob beradilar.
|
2-bosqich.
Asosiy
(60 min)
|
2.1. Mavzuni rejalari bo’yicha ma’ruza qiladi. (2-ilova)
2.2. Dars boshida va so’ngida B.B.B. jadvalini to’ldirish uchun savollarni o’rtaga tashlaydi.
|
2.1. eshitadilar, yozib oladilar.
2.2. B.B.B jadvalini to’ldiradilar.
|
3-bosqich
YAkuniy
(10 min)
|
3.1. Mavzuga xulosa yasaydi, B.B.B. jadvalini to’ldirishdagi savol-javoblarni taxlil qiladi.
|
3.1.Eshitadilar, savol beradilar va yozib oladilar.
|
1-ilova
Reja
1. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar trisida tushuncha
2. O’zbekiston Respublikasining alohida muhofaza qilinadigan hududlari
Ma’ruza maqsadi: Talabalarda muhofazaga olingan hududlar: qriqxonalar, buyurtmaxonalar, milliy bog’lar, tabiat yodgorliklari, ekomarkaz haqida tushuncha hosil qilish.
Tayanch so’zlar; Qo’riqxonalar, Milliy va tabiat bog’lari, Tabiat yodgorliklari.
Alohida muhofaza qilinadigan hududlar trisida tushuncha. O’zbekiston Respublikasida alohida muhofaza qilinadigan hududlarning umumiy maydoni 1355,6 ming ga. Ularga qo’riqxonalar, tabiat va milliy bolar, tabiat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari kiradi. Xorijiy mamlakatlarda uning yagona boshqa ko’rinishlari ham mavjud.
Davlat qo’riqxonalari hukumat qaroriga asosan tashkil etiladi. Qo’riqxona hududidagi barcha narsalar va maydonlar xo’jalik faoliyatidan chiqariladi va davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Qo’riqxona – yer sharining ma’lum qismi tabiat komponentlarini tabiiy holicha saqlab qolish uchun ajratilgan joydir. Qo’riqxonalar tashkil etish yo’li bilan ma’lum tabiat uchastkalari va u erdagi hamma tabiat komponentlari (ajoyib relef shakllari, to jinslarining yer yuzasiga chiqib, ochilib qolgan joylari, ochilib qolgan minerallar, ajoyib or, buloq, geyzer va kanallar, o’simliklar va hayvonot dunyosi) tabiiy holda saqlab qolinadi. Demak, biror geografik o’lka yoki geografik mintaqa uchun xarakterli bo’lgan joylar yoki tabiat komponentlari ilmiy jihatdan, iqtisodiy hamda madaniy tomondan qimmatli bo’lgan, tabiiy holati yaxshi saqlangan joylar qo’riqxonalar uchun ajratiladi. Bu joylarning tabiati xalq boyligi sifatida abadiy saqlanadi. Natijada, kelajak avlod sha qo’riqxonalar orqali cho’l va dasht yoki tayga o’rmonlari va tog’ ladshaftlari tabiiy holda qanday bo’lganligi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi.
Respublikada 9 ta qo’riqxona mavjud, ularning umumiy maydoni – 209607,3 ga.
Milliy tabiat bog’lari ma’lum maqsadlar uchun foydalanishga yo’naltirilgan bo’lishi mumkin. Hududni muhofaza qilish va foydalanish o’ziga xos rejimga asoslanadi. Milliy tabiat bog’lari bioxilma-xillikni saqlash va tabiatdan foydalanishning oqilonaligi va nazoratliligiga tayanadi. Respublikada 3 ta milliy tabiat bog’ mavjud.
Tabiat buyurtmalari respublika va mahalliy toifalarga bo’linadi. Davlat tabiat buyurtmalari xo’jalik yuritishdan to’liq ajratilmaydi, biroq hududdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rnatilgan tartibni saqlashlari lozim. Buyurtmalar doimiy bo’lmasligi mumkin. Ular alohida hayvon va o’simlik turlarini muhofaza qilish uchun tashkil etiladi. Respublikada mavjud 11ta buyurtmaning umumiy maydoni – 1716200 ga. Ularning tashkil etilish muddati cheksiz, ma’lum muddatli – 5 va undan ko’p yoki 5 yildan kam muddatli bo’lishi mumkin.
Tabiat yodgorliklari yerdan foydalanuvchilardan olinmagan holda tashkil etiladi. Tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish o’sha hududdagi tashkilot zimmasida bo’ladi. Tabiat yodgorliklari tabiiy holda vujudga kelgan ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan noyob tabiat ob’ektlaridir. Ular joylashgan hudud ishlab chiqarish ixtiyorida bo’lsada, yodgorliklarni saqlashga bo’lgan har qanday xatar ta’qiqlanadi. Respublikada bunday tabiat yodgorliklari ko’p. Ularning umumiy maydoni uncha katta emas – 3381,5 ga.
|
| |