|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi
|
bet | 85/194 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #105264 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.orgIshning maqsadi: O’zbekistonning bugungi kundagi ekologik holatini o’rganish.
Material va jihozlar: “O’zbekiston Respublikasi ekologik kartasi”, “Tabiatni muhofaza qilish kartasi”, tuproq va atmosfera holatlarini aks ettiruvchi kartalar, yozuvsiz xarita, rangli qalamlar, ma’ruza matni, sirkul.
Nazariy material. Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko’ra, O’zbekiston aholisining o’sishi Markaziy Osiyo davlatlarigi nisbatan o’sib bormoqda. Agarda o’sish sur’ati shunday tarzda davom etsa, 2013 yilga kelib O’zbekistonda aholi 29 mln. dan ortib ketadi. Buning natijasida bir qator ekologik muammolar kelib chiqishi mumkin. Ularga Orol tangligi,suv tanqisligi, yer xolatining yomonlashishi, tuproq eroziyasi va boshqalar kirib, tabiiy resurslardan noto’g’ri foydalanish natijasida keskinlashib boraveradi. Bugungi kunda Respublika ichida ekologik og’ir sharoit vujudga kelgan kichik xududlarda (Qoraqalpog’iston, Navoiy, Xorazm) axolining migratsiyasi kuzatilmoqda. Shuningdek, rusiy zabon aholining ko’chib ketishi ham respublikaning iqtisodiy-ijtimoiy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Hozirgi vaqtda respublikada vujudga kelgan iqtisodiy sharoit xalq xo’jaligining ekologik tarzda rivojlanishiga olib kelmoqda. Chunonchi, tabiiy resurslar neft, gaz, rangli metallar ishlab chiqariluvchi mintaqalarda yer va suv resurslarining inqiroziga, shuningdek atmosfera havosining ifloslanishiga olib keldi.
Shuningdek, Toshkent viloyati havosining ifloslanishida Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati, Angren ko’mir havzasi atrofida og’ir metallar bilan tuproqning ifloslanishi, Yangiobod shahri yaqinida 50 km maydonda radioaktiv chiqindilar mavjudligi, Navoiy shahrida er osti suvlarining ifloslanganligi kabilar saraton va endokrin kasalliklarining kelib chiqishiga sababchi bo’lmoqda.
Qashqadaryo viloyatida jadal sur’atlar bilan gaz va neft mihsulotlarining qazib olinishi erning cho’kishi, landshaftlar va rel’ef xususiyatlarining o’zgarishi kuzatilmoqda. Viloyatlardagi asosiy ekologik muammo aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashdir.
Buxoro viloyatida neftni qayta ishlovchi zavodlar suv resurslarini ifloslamoqda. Bu erda ham ichimlik suvi tanqisligi sezilmoqda. Tashlab qo’yilgan qishloq xo’jalik aerodromlarida hanuzgacha xlororganik pestitsidlar saqlanmoqda.
Samarqand viloyatida suv resurslari va Zarafshon daryosi uran va oltin chiqindilari bilan ifloslangan. Suv va tuproqda strontsiy, qo’rg’oshin kabi rudalar ko’p miqdorda uchraydi.
Jizzax viloyatida ichimlik suvi tanqisligi, tuproqlarning nitratlar va pestitsidlar bilan ifloslanganligi kuzatilmoqda. Farg’ona vodiysidagi viloyatlarda neft, gaz va tog’-kon metallari qazib olish bilan muammolar mavjud. Shunindek, Farg’ona kimyo zavodi, Qo’qon zavodi suv, tuproqlarni og’ir metallar bilan ifloslantirmoqda. Farg’ona vodiysining shimoli-sharqiy qismidagi noyob metall konlari atrofidagi tuproqlar strontsiy, marganets va berilliy kabilar bilan ifloslangan.
Orol muammosi nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari, balki dunyo hamjamiyatining muammosi hisoblanib, uni hal etish uchun yirik olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari zarur. Natijada vaziyatga tegishli baho berilib, halokatni miqdor jihatdan hisoblab chiqish mumkin bo’ladi. Nihoyat muammoni hal etish uchun tegishli chora- tadbirlar tavsiya qilish lozim.
Savollar:
Toshkent viloyati havosi ifloslantiruvchi asosiy manbalar?
Boshqa viloyatlarda yuzaga kelgan asosiy ekologik muammolar?
Orol muammosini hal etish mumkinmi?
|
| |