|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi
|
bet | 91/194 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #105264 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.org3. Antropogen omillar- insonning hayot faoliyatining organik dunyoga ta’siridan iborat. Jamiyat rivojlanishi bilan insonlarning tabiatga ta’sir qilishning yangi xillari kelib chiqib, atrof-muhitga salbiy ekologik o’zgarishlar sezila boshlaydi.
.
Yorug’lik ta’sirida o’simlik va hayvonlarda boradigan eng muhim jarayonlar
1.
|
Fotosintez
|
O’simlik tushayotgan nurni taxminan 1-5% o’zlashtiradi. Fotosintez barcha tirik organizmlar uchun ozuqa zanjirida energiya manbaidir. Xlorofill to’planishi uchun ham yorug’lik zarur.
|
2.
|
Transpiratsiya
|
Quyosh nurining o’simlikka tushayotgan 75%i o’simlikdan suvni bug’latishga sarf bo’ladi. Bunda suv bug’latish tezlashadi. Bu hol hozirgi davrda suv muammosini hal etishda muhim ahamiyatga ega.
|
3.
|
Fotoperiodizm
|
O’simlik va hayvonlarning hayotini uyg’unlashtirish uchun muhim (ayniqsa ko’payish davrida) ahamiyatga ega.
|
4.
|
Harakatlanishi
|
O’simliklarda kuzatiladigan fototropizm va fotonastiyalar o’simlikni yetarli yorug’lik bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Fototaksis bir hujayrali o’simliklar va hayvonlarda o’ziga xos yashash joyini tanlashda rol o’ynaydi.
|
5.
|
Hayvonlarning ko’rishi
|
Eng muhim organizmdagi funktsiyalardan biri hisoblanadi.
|
6.
|
Boshqa jarayonlar
|
Odamlarda D vitaminni sintezlanishi, terini qorayishi kabi himoya moslanishlari. Tik tushayotgan nurdan qochish kabi xulqiy harakatlar.
|
O’simliklarni yorug’likka bo’lgan munosabatiga ko’ra uch guruhga ajratish mumkin:
1. Yorug’sevar (geliofit) o’simliklar. Ular yorug’lik yetarli bo’lgandagina normal o’sishi va rivojlanishi mumkin. Bunday o’simliklarga dasht, cho’l zonalaridagi o’simliklar, o’tloqzorlardagi qo’ng’irboshdoshlar va boshqa ba’zi turlar, o’rmon o’simliklar jamoasining birinchi qatlamini tashkil etuvchi baland bo’yli daraxtlar, O’rta Osiyo sharoitidagi qisqa vegetatsiya qiluvchi ko’p yillik o’t o’simliklarining efemeroid tipidagi hayot shakllari va boshqalar kiradi.
2. Soyasevar (stsiofitlar) o’simliklar. Ular kuchsiz yorug’lik tushayotgan joylarda o’suvchi o’simliklardir. Bularga o’simliklar qoplamining pastki qatlamlarida o’suvchi turlar, moxlar, plaunlar, paporotniklar, yong’oqzorlar ostida o’suvchi yovvoyi xina, tog’ gunafsha kabilarni ko’rsatish mumkin. Yorug’sevar va soyasevar o’simliklar morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan bir-birlaridan farqlanadi.
3. Soyaga chidamli yoki fakultativ geliofit o’simliklar. Ularning ko’pchiligi yorug’sevar hisoblansada, yorug’lik uncha yetarli bo’lmaganda ham, ortiqcha yorug’likda ham normal o’sib rivojlanadigan turlardir. Ularga qo’ng’irbosh, qulupnay, arg’uvon va boshqalarni kiritish mumkin.
|
| |