• ISBN 978–9943–10–721–2 © «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2012.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti d. A. Abdurahimova, R. A. Mavlonova




    Download 283.86 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana01.06.2022
    Hajmi283.86 Kb.
    #22640
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat. Mavlonova
    ШАХСИЙ РЕЖА KITOBCHA, истиқболли режа З.Бозоров, Informatika 7-sinf. 1-Mavzu axborot tushunchasi va bilish haqid, AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA, 7-sinf, Ta`lim muassasasi menejmenti Reja, Sinfdan tashqari o‘qish uchun mavzular bo‘yicha badiiy asarlar ro‘yxatini tuzish, TUG’ILISH DAVRI INQIROZI, 6277 403 5112000-Жисмоний маданият узбек 2021, “Bir million dasturchi”, 1-mavzu amaliy hemis, 8742dd91-7cd2-429e-adb3-a15c062acb18, 270dc967-8e4e-40e0-8914-aa118f3de539, kerio-control-userguide
     
    Taqrizchilar: S.X. Fayzulina – O‘zbekiston davlat jahon tillari
    universiteti professori, pedagogika fanlari doktori; 
    G.Sultonova – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika 
    universiteti «Umumiy pedagogika» kafedrasining dotsenti, pedagogika 
    fanlari nomzodi.  
    O‘quv qo‘llanma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika 
    universiteti qoshidagi «T’alim» o‘quv-metodi birlashmasi qarori asosida 
    chop etildi. 
    ISBN 978–9943–10–721–2 
     
     
    © «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2012. 


    3
    SO‘Z BOSHI 
    O‘zbekistonning milliy mustaqillikka erishishi va hozirgi kunda 
    respublikamizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, tarixiy va 
    ma’naviy o‘zgarishlar jamiyatimiz ijtimoiy hayotida tub burilishni 
    boshlab berdi. 
    Endilikda barcha sohani mamlakatning milliy ehtiyoj va manfaatla-
    ridan kelib chiqib avlod-ajdodlarimizning azaliy turmush tarzi, 
    an’analari, urf-odatlari hamda tarixiy tajribalarini hisobga olgan holda 
    rivojlantirish muhim dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bu esa 
    respublikaning milliy davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, 
    ma’naviy-madaniy kamol toptiruvchi o‘z taraqqiyot yo‘lini rivojlanti-
    rish, milliy istiqlol mafkurasini qaror toptirish va uni barcha xalq 
    ommasi ongiga singdirish zaruriyatini taqozo etadi. Bu nafaqat hozirgi 
    avlod taqdiri, balki kelajak avlodlarning taqdiri ham shunga bog‘liq 
    ekanligini anglatadi. 
    Ma’lumki, har qanday jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday 
    ta’lim olishiga va qay tarzda tarbiyalanishiga bog‘liq. Ana shunday 
    avlodgina mamlakat oldida turgan umumdavlat ahamiyatiga molik 
    vazifalarni bajarishga qodir bo‘lib, o‘z xalqining tarixiy taqdirini 
    belgilab bera oladi. Shunga ko‘ra yosh avlodni milliy mustaqillik ruhida 
    tarbiyalash davlatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri 
    hisoblanadi. Bu vazifalarni esa asosan xalq ta’limi tizimidagi 
    muassasalar va bu muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi- 
    murabbiylar bajara oladi.
    O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va 
    «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» ko‘p sonli o‘qituvchilar 
    jamoalari oldiga Vatan ravnaqi uchun hormay- tolmay xizmat qila 
    oladigan, buyuk Vatan yo‘lida o‘z jonini ayamaydigan yoshlarni 
    tarbiyalashdek mas’uliyatli talabni qo‘ydi. Bu talablar boshlang‘ich sinf 
    o‘qituvchisida ayniqsa to‘la mujassamlangan bo‘lishi lozim. Zero, 
    maktabga ilk bor qadam qo‘ygan bola dunyoning, hayotning sir - 
    asrorlarini o‘qituvchidan o‘rganadi. O‘qituvchi esa bolaga o‘z bilganini 
    o‘rgatadi. Agar bolani chuqur bilimli, e’tiqodli, madaniyatli qilib 
    tarbiyalamoqchi bo‘lsak, shu fazilatlar o‘qituvchida mujassamlangan 
    bo‘lmog‘i zarur.


    4
    «Dunyoda nufuzli kasblar ko‘p, ammo ular orasida o‘qituvchilik 
    kasbi alohida mavqega ega. Ayni zamonda o‘qituvchi kasbiga nihoyatda 
    katta talablar qo‘yiladi, chunki biz murabbiy, muallim qo‘liga 
    farzandlarimiz taqdirini ishonib topshiramiz»- degan edi Prezidentimiz 
    I.A. Karimov. 
    Shunday ekan, o‘qituvchi, umuman boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
    qanday pedagogik - psixologik tayyorgarlikka, pedagogik bilimlarga
    pedagogik mahorat, pedagogik qobiliyat va fazilatlarga ega bo‘lishi 
    kerak? degan savol tug‘iladi. Bu savolga pedagogik mahorat fanini 
    o‘rganish jarayonida javob topishimiz mumkin. 
    «Pedagogik mahorat» fani talabalarga bo‘lajak o‘qituvchi 
    ixtisosligi bo‘yicha bilimlarni egallashlari davomida o‘qituvchi 
    shaxsidagi ma’naviy- axloqiy tarbiyani; o‘z kasbi doirasida odob va 
    axloq normalariga rioya qilish xususiyatini, uning mohiyatini; muallim – 
    ustoz odobining bola shaxsiga ta’sirini anglab, turli vaziyatlarda o‘z 
    xulqini idora qilishning zaruriyatini; bo‘lajak o‘qituvchilarga pedagogik 
    mahoratni, ko‘nikma va malakalarni, pedagogik texnika elementlarini 
    o‘zlashtirib, egallab borishlarini o‘rgatadi.
    «Pedagogik mahorat» fanidan o‘qiladigan ma’ruzalar talabalarni 
    o‘qituvchi mahoratiga doir dolzarb muammolar bilan tanishtiradi, bu 
    borada olib borilishi zarur bo‘lgan tadqiqot va izlanishlar, uning asoslari, 
    kasbdoshlar, ota-onalar va o‘quvchilar bilan muloqotga kirisha bilish 
    usullari, o‘qituvchi ishidagi texnika uning asrori bilan tanishtiradi. 
    Fanni o‘qitish davomida talabalar bilan olib boriladigan amaliy 
    mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlarida o‘rganilgan bilimlarga muvofiq 
    pedagogik mashqlar o‘tkaziladi. Bu bo‘lajak o‘qituvchi shaxsida amaliy 
    ko‘nikmalarning shakllanib borishini ta’minlab, pedagogik mahorat va 
    pedagogik texnika asoslarini egallab olishga xizmat qiladi.


    5

    Download 283.86 Kb.
    1   2   3   4




    Download 283.86 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti d. A. Abdurahimova, R. A. Mavlonova

    Download 283.86 Kb.
    Pdf ko'rish