|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyotiBog'liq Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)Sug‘urtalovchilar uyushmasi - sug‘urta faoliyatini muvofiqlashtirish,
uyushma a’zolarining manfaatini davlatning qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari
oldida himoya etish hamda mahalliy sug‘urta kompaniyalari va xorijiy sug‘urta
kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro foydali aloqalarni o‘rnatish maqsadida tashkil
etiladigan sug‘urta kompaniyalarining uyushmasi. Bunga o‘zaro sug‘urtalash
jamiyatlarini xalqaro uyushmasini, texnik risklarni sug‘urtalovchi kompaniyalar
ittifoqini, Buyuk Britaniya sug‘urtalovchilar uyushmasini misol keltirish mumkin.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda sug‘urtalovchilar uyushmasi tashkil etilmagan.
Faqat, avtosug‘urtalovchilar ittifoqi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Sug‘urta qoplamasi limiti - sug‘urta kompaniyasining filiali, bo‘limi, shu’ba
korxonasi tomonidan bitta sug‘urta hodisasi bo‘yicha mustaqil to‘lanadigan
sug‘urta qoplamasining eng yuqori miqdori. Bu miqdorni sug‘urta kompaniyasi
boshqaruvi joylardagi sug‘urta summasining zararlilik darajasidan, kadrlarning
malakasidan va boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilaydi.
Sug‘urtalovchining javobgarlik limiti - tuzilgan sug‘urta shartnomasidan
kelib chiqqan holda belgilanadigan sug‘urta kompaniyasining mumkin bo‘lgan eng
yuqori darajadagi javobgarligi. Sug‘urtalovchining javobgarlik limiti sug‘urta
polisida o‘z aksini topadi.
Sug‘urtani turkumlash (klassifikatsiyalash) - 1) sug‘urta turlarini
iyerarxiya ko‘rinishida tarmoqlarga, tarmoqchalarga va turlarga bo‘linishi. Bunda
har bir keyingi bo‘g‘in oldingi bo‘g‘inning bir qismi shaklida ifodalanadi. Sug‘urta
ob’ekti sug‘urtaning toifasi, sug‘urta javobgarligining hajmi va sug‘urta qismining
shakli sug‘urtani turkumlashning asosiy mezoni bo‘lib hisoblanadi. 2) xorij
amaliyotida sug‘urta turlarini tartiblashtirilgan tizimi. Hozirgi vaqtda Yevropa
Ittifoqi davlatlarida sug‘urtaning yagona klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan va
hayotga joriy etilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti
|