|
Mavzu:Kesimlari 16 mm2 dan katta bo’lgan ko’p simli alyuminiy simlar va kabellarni payvandlab biriktirish va tarmoqlash
|
bet | 23/104 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #113156 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-hozir.orgMavzu:Kesimlari 16 mm2 dan katta bo’lgan ko’p simli alyuminiy simlar va kabellarni payvandlab biriktirish va tarmoqlash
Reja: 1. Elektr bilan payvandlash
2. Termitli payvandlash
Katta kesimli (16–240 mm2 ), ko’p simli alyuminiy simlarning uchma–uch tutashgan uchlari kontaktli qizdirish yoki termitli payvandlash yo’rli bilan biriktiriladi.
Elektr bilan payvandlash. Tomirning izolyatsiyasi olinadi va benzinda yuviladi. Tomirni vertikal vaziyatda qo’yib unga ajraladigan qolip 4 ning (1–rasm,a) (ko’mir yoki po’latdan ishlangan) ikkala qismi qizdiriladi va ular po’lat xomut 5 bilan yoki sim bandaj bilan mahkamlanadi. Qolipning yuqorigi chetlari tomirning payvandlanadigan qirqimi uchidan 1–2 mm chiqib turishi lozim; qolipning pastki qismiga 1–1,5 mm li asbest shnur o’raladi. Bevosita qolipning ostida, izolyatsiyadan tozalangan tomirda sovitgich 6 o’rnatiladi. Elektrod tutqich va sovitgichdan chiqqan simlarning uchi quvvati kamida 1,5 kVA bo’lgan payvandlash transformatoriga ulanadi va tomirning kesilgan uchiga flyus surtib payvandlashag kirishiladi. Buning uchun elektrod tutqich 2 da mahkamlangan ko’mir elektrod 3 tomir uchiga bosiladi va shanday holatda yaxshilab qizib suyuqlanishning dastlabki belgilari paydo bo’lguncha ushlab turiladi. Keyin elektrodni tomir kesimi uchida sekin harakatlantirib tomirning hamma tomirchalari suyultiriladi va hosil qilingan suyuqlanmaga flyus surtilgan qo’shilma 0 alyuminiy chiviq 1 botiriladi. Qo’shimcha suyuqlangandan keyin qo’shimcha chiviq qolipni oxirigacha to’ldiradi. Metall sovigandan so’ng tomirdan qolip va sovitgich olinadi, hosil bo’lgan payvandlangan tomirlarning yaxlit uchi po’lat cho’tka bilan shlak va flyus qoldiqlaridan tozalanadi. Biriktirish uchun shunday tayyorlangan tomirlar uchlariga flyus surtiladi va tomirlar kesimi yuzalarida uncha katta bo’lmagan oraliq qoldirib gorizontal holda o’rnatilgan tarnovsimon biriktirish va tarnovlash qolipiga yotqiziladi, keyin ingichka sim bilan qolip simlarga bog’lab qo’yiladi. Qolip 8 ning ikkila tomonida tomirlarning izolyatsiyadan tozalangan qismlarida, sovitgichlar o’rnatiladi va ular payvandlash transformatoriga ulanadi (1–rasm,b). Payvandlanadigan tomirlarning uchlariga elektrodni navbatma–navbat tekkizib, ular suyuqlantiriladi, so’ngra qolipga flyus surtilgan qo’shilma–chiviq kiritiladi va u ham suyuqlantiriladi, bunda alyuminiy suyuqlanmasi qolipning hammasi to’lguncha va qolip ustida balandligi 1–2 mm li sferik qabariq hosil bo’lguncha payvandlash davom ettiriladi. Qolip va sovitgichlar olinib payvandlangan qism egovlanadi va asfalg’t yoki gliftal laki surib izolyatsiyalanadi, so’ng izolyatsiya ustidan yana lak surtiladi. Simlarning ulanadigan tomirlarini payvandlash operatsiyasi tartibi 1–rasm, v da ko’rsatilgan.
1–rasm. Kesimlari 16–240 mm2 bo’lgan ko’p simli alyuminiy tomirlarni kontakt qizdirish usuli bilan uchma–uch tutashtirish va uchlariga ishlov berish:
a–tomirlarning uchini yaxlit qilib suyuqlantirish, b–uchma–uch payvandlash uchun tomirlarni qolipga o’rnatish, v–tomirlarni payvandlash, g–tomirlarni uchlik bilan ishlov berishga tayyorlash, d–ko’p simli alyuminiy tomirlargauchliklar bilan ishlov berishda payvandlash bosqichlari, 1–qo’shimcha suyuqlantiriladigan chiviq, 2–elektrod tutqich, 3–ko’mir elektrod, 4–ajratiladigan qolip, 5–po’lat xomutcha, 6–sovutgich,
7–sovutgichni payvandlash transformatoriga ulash uchun sim, 8–tomirlarni payvandlabulash uchun tarnovsimon qolip, 9–uchlik.
Ko’p simlar alyuminiy tomirlarning uchlariga payvandlab ishlov berish uchun uchlik tomirga unday 2–3 mm chiqib turadigan qilib kiygiziladi (1–rasm, g), keyin payvandlanadi (1–rasm, d).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu:Kesimlari 16 mm2 dan katta bo’lgan ko’p simli alyuminiy simlar va kabellarni payvandlab biriktirish va tarmoqlash
|