Mavzu:Yoritish elektr qurilmalarining yoritgichlarini va uskunalarini montaj qilish




Download 0,62 Mb.
bet25/104
Sana07.12.2023
Hajmi0,62 Mb.
#113156
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-hozir.org

Mavzu:Yoritish elektr qurilmalarining yoritgichlarini va uskunalarini montaj qilish

Reja:

1.Yoritgichlar va asboblarni mon

2. Taqsimlash qurilmalarini montaj qilish

Yoritgichlar, uzgichlar, qayta ulagichlar, shtepsel’ rozetkalari va boshqa asboblar xonada hamma pardozlash va bo’yash ishlari tamom bo’lgandan keyin montaj qilinadi.


Montaj obhektiga keltirilgan zaryadlangan yoritgichlar tekshiriladi, bir vaqtda faza, nolh va ishlatilmaydigan bo’sh simlar belgalanadi, shunday keyin yoritgichlar armatura ilgagiga yoki kronshteynga osib qo’yiladi.
Zaryadlanmagan yoritgichlar maxsus armaturali, asosan tegishli marka va qirqimli (PRKS, PRBS va boshqa), egiluvchan mis sim yordamida zaryadlanadi. Zaryadlashda simlarning fazoviy yoki bo’sh tomirlarining uchlari patronlarning kallagiga (markaziy kontaktiga) ulanishi, nolh simlarning uchi–ularning vintli gilg’zalariga ulanishi kerak. Simlar uziladigan yoki kontaktdan siltanib chiqib ketadigan darajada tortilmasligi lozim.
Simlarni yoritgichlarning ichiga kiritadigan qurilma yoritgichning turiga va o’tkazgichlarni o’tkazish usuliga bog’liq. Yoritgichlarning kirish simlarini kiritishni tahminlovchi qurilmalar, ularga elektr o’tkazgichning po’lat trubalarini biriktirish mumkin bo’lishi uchun rez’bali nipellar bilan tahminlangan. Zax, achchiq bug’lar va gazlar mavjud bo’lgan xonalarda o’rnatishga, shuningdek simlar ochiq o’tkazilganda ochiq havoda o’rnatishga (roliklarda yoki izolyatorlarda) mo’ljallangan armaturalarda tahminlovchi simlarni ajratib kiritish uchun ikkita teshik ko’zda tutilgan.
Kabellarni (SRG, VRG va boshqa), kiritish uchun foydalaniladigan yoritgichlarda kiritish qurilmasida sal’niklar bo’ladi, sal’nik bo’lmasa, kiritish qurilmasi izolyatsiyalovchi qorishma quyish yo’li bilan germetiklanishi lozim.
Yoritgichlar va osma shtanglar armatura ilgaklari va kronshteynlardan chinni yoki fibradan tayyorlangan izolyatsiyalovchi detallar bilan, ular bo’lmasa ilgakka ikki qavat izolyatsiyalovchi lenta o’rab izolyatsiyalanadi.
Plafon, bra, devorga va shipga o’rnatiladigan patronlar ko’rinishidagi yoritgichlar devorga yoki shipga mahkamlangan, qalinligi 10–12 mm li yog’och rozetkalarda o’rnatiladi.
Yoritish elektr tarmoqlarini ATPRF markali naychasimon simlar bilan montaj qilish da yoritgichlar bikr mahkamlanishi kerak (masalan, po’lat trubadan tayyorlangan shtangda). 1–rasmda turli xonalarda va simlar hamda kabellarni o’tkazishning turli usullarida yoritgichlarni osishga misollar ko’rmatilgan.

1–rasm. Simlar va kabellar turli usullarda yotqizilganda yoritgichlarni osishga misollar:


a–simlar yopiq o’tkazilganda, b–simlar trubalarda ochiq o’tkazilganda, v–simlar trosslarda o’tkazilganda, g–AVRG kabeli bilan o’tkazilganda.
Uzgichlar, qayta ulangachlar va shtepsel’ rozetkalari, ularning tuzilishlari va o’tkazgichlar qabul qilingan o’tkazish usullariga qarab o’rnatiladi (2–rasm). Bir qutbli uzgichlar va qayta ulagichlar o’tkazgichlarga sim va kabellarning fazaviy tomirlariga ketma–ket ulanadi. Ulagichlar, qayta ulagichlar va shtepsel rozetkalarning yerga ulanishi lozim bo’lgan metall korpuslari alohida sim bilan elektr o’tkazgichning nolh simiga ulanadi. Bunda simning bir uchi nolh simga kavsharlab yoki payvandlab, ikkinchi uchi esa yerga ulash vinti yordamida apparatning korpusiga biriktiriladi.

2–rasm. O’rnatiladigan asboblarni montaj qilish ga misollar:


a–APPV simlarini ochiq yotqizishda uzgichni, b–yarim bikr rezina trubalarda simlarni yopiq yotqizishda shtepsel’ rozetkasini, v–zax xonada, VRG kabeli bilan o’tkazilganda uzgichni va shtepsel’ rozetkasini montaj qilish .

Download 0,62 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104




Download 0,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu:Yoritish elektr qurilmalarining yoritgichlarini va uskunalarini montaj qilish

Download 0,62 Mb.