3
KIRISH
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv jarayonining zarur elementi –
ushbu yo‘nalishlar o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan
asosiy fanlardan kurs
ishlarini bajarish hisoblanadi va talabalarda ilmiy izlanishlar olib borish
ko‘nikmalarini tarbiyalash, tanlangan mavzuni mustaqil ravishda chuqur
o‘rganish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, ilmiy, nazariy va amaliy
xulosalarni shakllantirish va pirovardida yuqori
malakali mutaxassislarni
tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur
qo‘llanma
Oliy
ta’limning
bakalavriat
yo‘nalishiga
mo‘ljallangan o‘quv rejaga mos holda, 3 -kurs bakalavriat asosiy fanlaridan
“Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari” fanidan kurs ishlarini
bajarish bo‘yicha tavsiyalar va tartib-qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Kurs ishini bajarishdan maqsad - kurs ishi ustida ishlash davomida
talaba “Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari” fanidan olgan
nazariy bilimlarini mustaqil ravishda kengaytirish va chuqurlashtirishga
erishadi,
maxsus adabiyotlardan olingan, metodikaga oid materiallarni hamda
ilmiy tezis va maqolalarni o‘rganish asosida to‘plangan, shuningdek, Internet
resurs manbalaridan olingan ma’lumotlarni
qayta ishlash, umumlashtirish,
tahlil qilish va muayyan bir tizimga keltirish bo‘yicha dastlabki bilim va
ko‘nikmalarni hosil qiladi.
Qo‘yilgan maqsadning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun kurs ishlarini
bajarishga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- kurs ishida mavzuga taalluqli O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
farmonlari,
qarorlari,
ma’ruzalari va Prezident
asarlaridan ma’lumotlar, Oliy Majlis sessiyalari materiallari va
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari sharhi o‘z
aksini topishi lozim;
- kurs ishini yozish jarayonida tadqiq etilayotgan mavzu va
o‘rganilayotgan amaliy ma’lumotlarning
nazariy asoslarini chuqur
o‘rganish va mavzu bo‘yicha samaradorligini oshirish imkoniyatlarini
ko‘rsatish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilashning
bugungi sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning turli dastak va
vositalaridan foydalanish shakllari va usullarini
takomillashtirish
nuqtai nazardan ilmiy, ijodiy yondoshish zarur;
- kurs ishi mazmunini ravon adabiy tilda bayon qilish,
tadqiqotlar va izlanishlar natijalarini rasmiy hujjatlarga qo‘yiladigan
asosiy talablarga rioya qilgan holda aks ettirish lozim.