5
sovuqqonlik va loqaydlikdan, e’tiborsizlik va sustkashlikdan umumiy ish faqat
zarar ko‘radi, kurs ishini bajarishdan ko‘zlangan maqsadga erishilmaydi.
Mavzuni tanlashga har bir talaba u yoki
bu mavzuga ilmiy va amaliy
qiziqishlarini, ilmiy to‘garaklardagi avvalgi ishtirokini hisobga olib, maxsus
adabiyotlar bilan tanishuvi yoki oliy ta’lim muassasasigacha orttirgan ish
tajribasiga tayangan holda yondoshgani ma’qul.
Bundan
tashqari, kurs ishi mavzusini talaba kelgusida yozajak bitiruv-
malakaviy ishining mavzusi va yo‘nalishini hisobga olgan holda tanlagani
maqsadga muvofiq, chunki kurs ishi, ma’lum ma’noda,
malakaviy ishda
ko‘tariladigan masala va muammolarning nazariy asosini tashkil qiladi.