• Kurs ishlarini bajarish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti




    Download 0,79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/25
    Sana19.01.2024
    Hajmi0,79 Mb.
    #140968
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    UMUMIY QOIDALAR 
    Kurs ishi ustida ishlash davomida talaba o‘quv jarayonida olgan nazariy 
    bilimlari va mustaqil tadqiqot natijalarini yozma ravishda bayon qilish uslubi, 
    keltirilgan fikrlarning aniqligi, materiallarning joylashish ketma-ketligi, 
    rasmiylashtirishga qo‘yiladigan umumqabul qilingan talablarni hisobga olgan 
    holda bayon qilish tajribasiga ega bo‘lishi juda muhimdir. Bo‘lajak iqtisodchi- 
    mutaxassis o‘z fikrlarini aniq va ravon bayon qila olishi, kiritayotgan takliflarini 



    ilmiy va nazariy jihatdan asoslay bilishi, iqtisodiy terminlarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri 
    ishlata bilishi, kerakli ma’lumotlarni to‘play olishi va qayta ishlay olishi
    ularni atroflicha tahlil qilish va umumlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi 
    kerak. 
    Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda bajariladi va ma’lum 
    ma’noda, ilmiy izlanish olib borishning kichik bir shaklidir. Ayrim iqtidorli 
    talabalar kurs ishini bajarish jarayonida birmuncha chuqur va keng qamrovli 
    ilmiy izlanishlar olib boradilar, ularning mustaqil ravishda bajargan kurs 
    ishlari talabalar ilmiy to‘garaklarida, ilmiy konferentsiyalarda va tanlovlarda 
    ilmiy ma’ruza qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
    Kurs 
    ishida 
    tavsiya 
    etilgan 
    adabiyotlarni, 
    xorijiy 
    va 
    milliy 
    namoyandalarining asarlari va ma’ruzalarini chuqur o‘rganish natijalari 
    (tegishli havolalarda) aks ettirilsagina, mazkur kurs ishi unga qo‘yiladigan 
    zamonaviy talablarga javob bera oladi.
    Kurs ishlarini bajarish va himoya qilish jarayoni quyidagi 
    bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
    - kafedra tomonidan tavsiya etilgan kurs ishi mavzulari ro‘yxatidan 
    mavzuni tanlash; 
    - tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlar bilan dastlabki tanishish; 
    - kurs ishi rejasini tuzish; 
    - adabiyotlarni o‘rganish va amaliy ma’lumotlarni to‘plash; 
    - kurs ishini yozish va rasmiylashtirish; 
    - kurs ishini himoya qilish. 

    Download 0,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 0,79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti

    Download 0,79 Mb.
    Pdf ko'rish