• 4.2. Vazifasi bo’yicha kanallardagi inshootlarning turlari
  • O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/48
    Sana23.03.2022
    Hajmi0.72 Mb.
    #18855
    TuriСборник
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
    Bog'liq
    gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
    2-ma’ruza Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, d-azkurs.org
    koeffitsienti yoki qiyaligi deganda ushbu sirt qiyalik burchagining 
    kotangensi yoki m = l/H nisbat tushuniladi.
    Kanallar yer o’zanda o’tishi yoki maxsus qoplamaga ega 
    bo’lishlari mumkin. Qoplama sifatida beton, temirbeton, asfaltbeton, 
    glinobeton va polimer materiallaridan foydalanadilar. Maxsus 
    qoplamali kanallar faqat loyqa yig’ilishga tekshirib ko’riladi. 
    Meliorativ tizimlarda kanallar ko’pincha beton bilan qoplanadi. 
    Betonning qalinligi konstruktiv 10...15 sm oraliqda qabul qilinadi.


    26 
    Lyossli o’ta cho’kuvchan gruntlar sharoitida barpo etiladigan 
    kanallar yig’ma va monolit temirbetonli qoplamaga ega bo’lishi 
    mumkin. Qoplamali kanallar yon sirtining qiyaligi konstruktiv qabul 
    qilinadi, yerda o’tadigan gruntli qoplamali kanallarda esa bu qiyalik 
    yon sirtlar ustuvorligini ta‘minlash shartlari asosida tanlanadi. 
    4.2. Vazifasi bo’yicha kanallardagi inshootlarning turlari 
    Kanallarda 
    rostlovchi, 
    to’siqlardan 
    suv 
    o’tqazuvchi, 
    tutashtiruvchi va boshqa turdagi inshootlar ko’plab quriladi. Suv 
    sarfi, sathi, tezligi va boshqa gidravlik parametrlarni boshqarish 
    uchun kanal trassasi o’qiga tik (frontal) yoki yonboshlatib rostlovchi 
    inshootlar quriladi. Ular odatda suv parametrlarini boshqaruvchi 
    qurilma – zatvor bilan ta‘minlanadi. 
    Kanaldagi ortiqcha suvni boshqa o’zanga chiqazib tashlash 
    suv tashlash inshootlari yordamida amalga oshiriladi. Suv sarfini 
    tarmoqlarga proportsianal taqsimlab berish vazifasini bajarish uchun 
    kanal trassasida suv taqsimlovchi rostlagichlar (inshootlar) ham 
    qurilishi mumkin. Birmuncha katta miqdorga farq qiladigan suv 
    sathlarini ishonchli tutashtirish (bog’lash) vazifasi tutashtiruvchi 
    inshotlar yordamida amalga oshirishadi. Ular tezoqarlar, pog’onli 
    yoki konsolli sharsharaklar tipida loyihalanishi mumkin.
    Suv sarfini rostlovchi inshootlar (suv chiqargichlar) 
    iste‘molchiga beriladigan suv miqdorini boshqarish uchun xizmat 
    qiladi. To’suvchi inshootlar suv sathini rostlash vazifasini bajaradi. 
    Inshootlarning yuqori b‘efidagi har xil cho’kindilarni quyi b‘efga 
    ishonchli o’tqazib yuborish uchun suv tezligini boshqaradigan 

    Download 0.72 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish