• -geologik va gidrogeologik tadqiqotlar
  • -topografik tadqiqotlar
  • O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/48
    Sana23.03.2022
    Hajmi0.72 Mb.
    #18855
    TuriСборник
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
    Bog'liq
    gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
    2-ma’ruza Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, d-azkurs.org
     
    Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda quyidagi boshlang’ich 
    qidiruv va tekshirish ishlari natijalaridan foydalaniladi: 
    -gidrologik qidiruv ishlari – bunda tabiiy suv o’zanidagi oqim 
    rejimi, ya‘ni bir necha yillar davomida o’zandan o’tkaziladigan suv 
    sarfi va bu suv bilan oqib keladigan loyqalarning miqdori hamda 
    sifati o’rganiladi; 


    22 
    -geologik va gidrogeologik tadqiqotlar – bunda qurilish 
    hududining geologik va gidrogeologik tavsifi, inshoot zaminidagi 
    gruntlarning turlari, ularning yotish chuqurliklari, fizik, kimyoviy va 
    mexanik xossalari ko’rsatkichlari, grunt suvlarining yotish 
    chuqurliklari, ularning sifati, sarfi va boshqalar aniqlanadi; 
    -topografik tadqiqotlar – bunda inshoot quriladigan 
    hududning relefi (sath belgilari), suv havzalarining sath belgilari, 
    yuzasi va sh.o’. o’rganiladi. 
    -qurilish-ishlab chiqarish tadqiqotlari – bunda qurilishni olib 
    borish uchun zarur bo’lgan suv, qurilish materiallari, energiya 
    zahiralari, yo’llar va qurilish uchun zarur bo’lgan boshqa sharoitlar 
    aniqlanadi.
    Inshootlarni loyihalashda tabiiy muhitning injenerlik-geologik, 
    topografik, gidrogeologik, biologik, iqlim va xo’jalik sharoitlaridan 
    tashqari ob‘ekt va ob‘ekt tasarrufidagi tizimining texnik, texnologik 
    va boshqa ko’rsatkichlari ham hisobga olinadi. 
     
    3.4. Loyihaga qo’yiladigan asosiy talablar 
     
    Gidrotexnika inshootlari loyihalarini tuzishda texnik va 
    texnologik ko’rsatkichlar sifatida inshootning suv o’tqazish 
    qobiliyati, inshoot tasarrufidagi sug’oriladigan yer maydoni, 
    sug’orish usullari va boshqalar ishlatiladi.
    Ob‘ektning mustahkamligi, ustuvorligi, uzoqqa chidamliligi, 
    tashqi muhit ta‘siriga bardoshliligi, sanitariya-gigiena talablari va 
    shunga o’xshashlar maxsus texnik hisoblar va yechimlar asosida 
    taminlanadi.
    Gidrotexnika inshootlarining konstruktsiyasi va gabarit 
    o’lchamlari ulardan talablar darajasida foydalanish imkoniyatlarini 
    ta‘minlashlari lozim. Inshootning o’ngay gidravlik rejimini ta‘minlash, 
    undan foydalanishdagi sarf-harajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini 
    yaratish, inshootning ishonchliligini oshirish singari shartlar loyihaga 
    qo’yiladigan asosiy ekspluatatsion talablar hisoblanadi.


    23 
    Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda ularning me‘morchilik 
    nuqtai nazaridan diqqatga sazovorligi va ko’rkamligini ta‘minlashga 
    alohida e‘tibor berilishi lozim. Mahalliy qurilish materiallaridan 
    unumli foydalanish, milliy badiiy-me‘morchilik an‘analari va 
    usullarini keng qo’llash, inshoot qismlarining konstruktsiyasi va 
    o’lchamlarini 
    unifikatsiyalashtirish 
    va 
    shunga 
    o’xshashlar 
    loyihalashga qo’yiladigan asosiy me‘morchilik talablari qatoriga 
    kiradi.
    Yirik ob‘ektlarni (masalan, suv omborlarini) loyihalashda aholi 
    yashaydigan va ishlab chiqarish ob‘ektlarini, tarixiy, tabiiy va 
    me‘morchilik yodgorliklarini ko’chirish va himoyalashga, tabiiy 
    landshaftdan oqilona foydalanish tadbirlariga alohida e‘tiborni 
    qaratish lozim.
    Har qanday yirik gidrotexnika inshootlari loyihalari shuningdek, 
    ekologiya (atrof-muhitni himoyalash) talablariga javob berishi va 
    ekologik tekshiruvlardan (ekspertizadan) o’tishi kerak. Loyihalarda 
    inshoot va uning tasarrufidagi hududni obodonlashtirish, 
    ko’kalamzorlashtirish tadbirlari ham batafsil ko’rib chiqiladi. Ob‘ekt 
    tuzilishini va qurilish ishlarini mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarga 
    muvofiqlashtirish hamda qurilishi muddatini qisqartirish, mahalliy 
    joy sharoitlarini har tomonlama inobatga olish, namunaviy 
    loyihalardan keng foydalanish, birgalikda ishlaydigan inshootlar 
    faoliyatini muvofiqlashtirish singarilar (tadbirlar) loyihalashga 
    qo’yiladigan muhim zamonaviy talablar hisoblanadi.
    Ma‘lumki, har qanday loyiha inshoot tuzilishining taqribiy grafik 
    ko’rinishlari bir necha variantdagi eskiz chizmalarni tuzishdan 
    boshlanadi va ularda boshlang’ich kompozitsion maqsad o’z 
    irodasini topadi. Loyihani takomillashtirish jarayonida uning texnik, 
    funktsional, badiiy-me‘morchilik va iqtisodiy jihatdan eng ma‘qul 
    varianti ishlab chiqiladi. Loyihalash ishlarini kopyuterlar yordamida 
    olib borish va avtomatlashtirish bugungi kunning zamonaviy 
    yo’nalishlaridan biridir.


    24 

    Download 0.72 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish