• O’zbek gidrotexnikasi tarixi bo’yicha qisqacha ma‘lumotlar.
  • Gidrotexnika tarixi haqida qisqacha ma‘lumotlar




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/48
    Sana23.03.2022
    Hajmi0.72 Mb.
    #18855
    TuriСборник
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
    Bog'liq
    gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
    2-ma’ruza Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, d-azkurs.org
    2.3. Gidrotexnika tarixi haqida qisqacha ma‘lumotlar 
     
    Jahon gidrotexnikasi tarixidan ma‘lumotlar. Yer yuzining 
    katta qismida, shu jumladan Markaziy Osiyoda ham dehqonchilik va 
    ichimlik uchun suv tanqisligi mavjud. Shu sababli insoniyat qadim 
    zamonlardan boshlab suv ta‘minoti masalasida katta kuch va 
    mehnat sarflab kelgan. Arxeologik qazishmalar va tarixiy 
    solnomalarning ma‘lumotlariga ko’ra, eramizdan 5000 yillar ilgari 


    17 
    qadimiy Xitoy, Hindiston, Misr, Markaziy Osiyo hududidagi 
    davlatlarda kanallar va suv omborlari barpo etilgan. Masalan, 
    Xitoyda bundan 2500 yil ilgari qurilgan «Ulug’ kanal»ning uzunligi 
    1800 km atrofida bo’lgan, qadimiy Rimda bundan 2300 yil ilgari 
    vodoprovod tarmog’i mavjud bo’lgan.
    O’zbekiston hududida yashagan xalqlar ham juda qadim 
    zamonlardan beri sug’oriladigan dehqonchilik bilan shug’ullanib 
    kelishgan. Tarixiy manbalardan ma‘lumki, ajdodlarimiz bizning 
    eramizdan 2-ming yillar oldin ham tabiiy suv o’zanlari bo’lgan daryo 
    va soylardan katta-kichik kanallar yordamida suv olib, dehqonchilik 
    qilishgan. Masalan, Xorazm hududida Amudaryodan suv oladigan va 
    yerlarni sug’orish hamda kemalar harakatlanishi uchun mo’ljallangan 
    ba‘zi qadimiy kanallarning uzunligi yuzlab kilometrni tashkil etgan.
    O’zbek 
    gidrotexnikasi 
    tarixi 
    bo’yicha 
    qisqacha 
    ma‘lumotlar. Qadimgi ajdodlarimiz yer osti suvlaridan samarali 
    foydalanish usullarini ham bilishgan. Buning uchun yer ostidan 
    o’tadigan suv yig’uvchi kanallarni (karizlarni) qurishgan. Suv 
    tegirmoni, suv ko’taruvchi moslama-chig’ir ham ilk bor ajdodlarimiz 
    tomonidan (eramizning boshlarida Kushon davlatida) kashf etilgan.
    Amudaryoning quyi etaklaridagi qadimiy kanallarning ba‘zilari 
    hanuzgacha saqlanib kelmoqda. Bularga Shavat, Polvon, G’azovot va 
    Chumanoy kanallarini misol qilib keltirish mumkin. 
    Qadimiy kanallar va gidrotexnika inshootlarini Farg’ona va 
    Zarafshon vodiylarida, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro 
    va Jizzax viloyatlari hududlarida ham ko’plab uchratish mumkin. 
    Darg’om, Qalqonota, Zandona, Rometon, Shoxrud kanallari 
    Zarafshon vodiysida eramizning I-IV asrlarida qurilgan va 
    bugungacha saqlanib kelgan va hatto foydalaniladigan suv xo’jaligi 
    ob‘ektlariga misol bo’la oladi.
    Akademik Ya.G’ulomovning arxeologik tekshirishlari natijasida 
    Jizzax va Samarqand viloyatlari hududlarida suv omborlarini barpo 
    etish maqsadida tosh va ganchdan qurilgan bir necha to’g’onlar 
    topildi. Forish tumani hududida X-asrda qurilgan Xon to’g’oni, 
    Kattaqo’rg’on tumanida XVI-asrda qurilgan Abdullaxon to’g’oni 


    18 
    shular jumlasiga kiradi. Ushbu to’g’onlarning tuzilishi va 
    konstruktsiyasi ajdodlarimizning gidrotexnika inshootlarini qurish 
    bo’yicha katta tajribaga ega bo’lganliklarini ko’rsatadi. Samarqand 
    shahri yaqinidagi suv taqsimlovchi ko’prikli inshoot, Termiz shahri 
    yaqinidagi Abdullaxon hukmronligi davrida qurilgan ko’prik-
    akveduk ham qadimiy inshootlarga misol bo’la oladi. 
    Aholini ichimlik suvi bilan ta‘minlashda xalqimiz qadimdan 
    hovuzlardan, sardobalardan foydalanib kelishgan. Sardoba usti 
    gumbaz shaklida yopiladigan va yomg’ir suvlarini saqlaydigan 
    inshoot bo’lib, u asosan tabiiy suv o’zanlari mavjud bo’lmagan 
    hududlarda qurilgan. Sardoba devorlari asosan pishiq g’ishtdan 
    qurilgan va ularda suv uzoq vaqt sifatini yo’qotmasdan saqlangan. 
    Qashqadaryo viloyatida bugungi kungacha saqlanib kelgan 
    sardobalar mavjud.
    Gidrotexnika qurilishining ravnaqi tarixiy davrlarning siyosati va 
    mamlakatlarning moddiy va ma‘naviy rivojlanish darajasiga ham 
    bog’liq bo’lgan. Bu jihatdan ayniqsa Samoniylar va Temuriylar 
    davrlari alohida ajralib turadi. Shuningdek, Abdullaxon davrida ham 
    ko’plab yirik gidrotexnika inshootlari barpo etilgan.
    Tariximizning so’ngi davrlariga mansub bo’lgan Sho’rolar 
    hokimiyati davrida O’zbekiston asosan paxtachilikka asoslangan 
    xom-ashyo beradigan hududga aylantirildi. Bu davrda yangi 
    yerlarning o’zlashtirilishi munosabati bilan irrigatsiya ishlari keng 
    ko’lamda olib borilgan bo’lsada, lekin ko’p ishlar kelgusini 
    o’ylamasdan bajarildi. Natijada bugungi kunning murakkab ekologik 
    muammolari (Orol dengizining qurib borayotgani, yerlarning 
    meliorativ holatining yomonlashib ketgani va h.k.) kelib chiqdi.

    Download 0.72 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gidrotexnika tarixi haqida qisqacha ma‘lumotlar

    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish