Suv resurslaridan foydalanishdagi muammolar




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/48
Sana23.03.2022
Hajmi0.72 Mb.
#18855
TuriСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
2-ma’ruza Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, d-azkurs.org
1.4. Suv resurslaridan foydalanishdagi muammolar 
va ularni bartaraf etish yo’llari 
Suv resurlslaridan foydalanishdagi asosiy muammolar. 
Respublikamizda suv resurslari cheklangan bo’lishiga qaramasdan, 
uni tejashga kam e‘tibor berilayapti, natijada suvning ko’p qismi 
bekorga sarf bo’lmoqda. Deyarli barcha iste‘molchilar doimiy 
ravishda me‘yordan ko’p suv olishga harakat qiladilar. Bu esa ekin 
maydonlarida yer osti suvlari sathining ko’tarilishiga, yerlarning 
qayta sho’rlanishiga olib kelmoqda. O’z navbatida sho’rni yuvish 
uchun yana katta miqdorda suv sarflanib, natijada sug’oriladigan 
yerlarda hosil bo’ladigan qaytarma suvlar miqdori ham ortmoqda. 
Shundan ko’rinib turibdiki, sug’orishda suvni tejashning katta 
imkoniyatlari mavjud. Bunga, avvalo, kanallar o’zanini betonlash, nov 
(lotok)lardan foydalanish yo’li bilan sug’orish tarmoqlarining foydali 
ish koeffitsientini 0,7-0,8 ga yetkazib, hamda yuqorida aytilganidek, 
sug’orishning ilg’or usullarini qo’llash bilangina erishish mumkin.
Suv resurslarini kamayishdan saqlashning asosiy rezervlaridan 
yana biri sug’orishda qaytarma suvlardan unumli foydalanishdir. 
Respublikada bu suvlar asosan ekin maydonlaridan, sanoat 


11 
korxonalaridan va maishiy kommunal tarmoqlardan qaytgan 
suvlardan tashkil topgan bo’ladi. 1956-1980 yillar mobaynida tabiiy 
botiqlarga oqizilgan qaytarma suvlar hajmi 77,1 km
3
ni tashkil etgan.
Keyingi yillarda daryolar, ko’llar, suv omborlarining suvi unga 
sanoat va shaharlar oqava suvlarining, ekin maydonlarida hosil 
bo’ladigan qaytarma suvlarning qo’shilishi natijasida keskin 
yomonlashib ketdi. Bu jarayon ayni paytda quyidagi sabablarga 
bog’liq holda yanada jadallashmoqda va xavfli tus olmoqda. 
1. Shahar xo’jaligining va sanoatning, ayniqsa, uning ximiya va 
metallurgiya tarmoqlarining suvga bo’lgan talabi ortmoqda, va 
tabiiy suvlar ifloslanishining manbai bo’lgan oqava suvlar ham 
ko’paymoqda. 
2. Oqava suvlarni daryo va ko’llarga oqizish tabiiy suv 
manbalaridan foydalanishning bir turi deb qaraldi. Ayniqsa, daryolar 
ifloslangan oqava suvlarni yo’q qilishda o’ziga xos tabiiy inshoot deb 
qabul qilindi. Ko’pchilik hollarda suvni sun‘iy tozalash inshootlarini 
qurish tugallanmay turib, sanoat ob‘ektlari ishga tushirib 
yuborilmoqda. 
3. Oqava suvlarni sun‘iy tozalashning hozirgi kundagi 
imkoniyatlariga ortiqcha baho berilayapti. 
4. Ayrim mutaxassislar, olimlar tomonidan "tabiiy suvlar 
ifloslanishining yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan me‘yori" degan 
noto’g’ri nuqtai-nazar ishlatilmoqda. Hozirgi kunda "bu yo’nalish 
suvning ifloslanishini chegaralaydi", deb qarash o’zini oqlamaganligi 
hammaga ma‘lum bo’lib qoldi. 
5. Tabiiy suv manbalariga ekin maydonlaridan chiqqan 
suvlarning oqizilishidir. 
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlardan ko’rinib turibdiki, hozirgi 
kunda Respublikamizda eng dolzarb masalalardan biri suvni sifat 
jihatdan muhofaza qilishdir. Bu muammoni hal etishda ko’pchilik 
olimlar qaytarma va oqava suvlarni tozalashni asosiy yo’l deb 
qaramoqdalar. Lekin, bu yo’l juda murakkab bo’lib, qimmatga 
tushadi. Ikkinchidan, eng takomillashgan sun‘iy tozalash inshootlari 
ham suvni to’la tozalashga imkon bermaydi. Suvni 80-90 foiz 


12 
tozalash yetarli darajada takomillashgan deb qabul qilinadi. Bu 
holda 10-20 foiz o’ta chidamli ifloslantiruvchi moddalar yana suv 
tarkibida qoladi. 
Bu asosiy masala esa bir qancha choralar tizimini o’z ichiga 
oladi. Ular oqava suvlarni daryolar, ko’llar, suv omborlariga oqizishni 
iloji boricha kamaytirishga, ayrim hollarda esa to’la to’xtashishga 
qaratilgandir. Faqat shu yo’lgina masalani tubdan hal qilishga imkon 
beradi, toza suvni tashlandiq suvga aralashtirishdan xalos etadi. Shu 
yo’l bilan tabiiy suvlarning sifatini yaxshilash va ularning miqdorini 
ko’paytirish mumkin, chunki bunda butun daryo suvi toza bo’lib, 
iste‘mol uchun yaroqli bo’ladi, toza suv hajmi bir necha marta ortadi. 

Download 0.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suv resurslaridan foydalanishdagi muammolar

Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish