Foydalanish sharoitlari va kapitalligi bo’yicha




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/48
Sana23.03.2022
Hajmi0.72 Mb.
#18855
TuriСборник
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
2-ma’ruza Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, d-azkurs.org
2.2. Foydalanish sharoitlari va kapitalligi bo’yicha 
gidrotexnika inshootlarining turlari 
Foydalanish sharoitlariga ko’ra, gidrotexnika inshootlari doimiy 
va vaqtinchalik (qurilish yoki ta‘mirlash davrida ishlatiladigan) 
turlarga bo’linadi. Doimiy inshootlar o’z navbatida asosiy va ikkinchi 
darajali turlarga farqlanadi. Agar inshootni ta‘mirlash yoki avariya 
holatlari ob‘ektning to’xtashi yoki juda samarasiz ishlashiga olib 
kelsa, bunday inshoot asosiy inshoot deb qaraladi. Ikkinchi darajali 
inshootlarning vaqtinchalik to’xtab qolishi ob‘ekt faoliyatiga 
unchalik ta‘sir ko’rsatmaydi.
Asosiy va ikkinchi darajali inshootlarni ularning mas‘uliyatliligi 
(xalq xo’jaligidagi ahamiyati) bo’yicha to’rtta sinfga bo’ladilar. Yirik 
suv dimlash inshootlari (masalan, to’g’onlar) ning mas‘uliyatliligi 
bo’yicha sinfi, inshootning balandligi, zaminidagi gruntning turi va 
avariya oqibatlari bo’yicha amaldagi qurilish me‘yorlari asosida 
qabul qilinadi. Meliorativ tizimlar inshootlarning sinflari ularning 
tasarrufidagi yer maydoniga bog’liq holda belgilanadi (2.1-jadval).
2.1-jadval 


16 
Meliorativ tizimlar inshootlarning sinflari 
Inshoot tasarrufidagi 
er maydoni, ming.ga 
Inshootlarning sinfi 
Sug’orishda 
Zax qochirishda 
Asosiy 
Ikkinchi darajali 
400 va undan katta 

II 
III 
50 dan 400 gacha 
50 va undan katta 
III 
IV 
50 dan kam 
50 dan kam 
IV 
IV 
Agar asosiy gidrotexnika inshooti bir vaqtning o’zida xalq 
xo’jaligining bir necha sohalariga xizmat qilsa (masalan, energetika, 
transport, melioratsiya, suv ta‘minoti sohalariga) inshootning sinfi 
vazifasi bo’yicha belgilangan eng yuqori sinfga teng qilib qabul 
qilinadi. Asosiy inshootlarning sinfi, shuningdek, maxsus 
asoslashdan so’ng bir sinfga oshirilishi yoki kamaytirilishi ham 
mumkin.
Yuklar va ta‘sirlarning birikmasi, materiallar qarshiligi va yuklar 
bo’yicha ishonchlilik koeffitsientlarining qiymatlari inshootning 
mas‘uliyatliligi bo’yicha sinfiga bog’liq holda qabul qilinadi.
Agar vaqtinchalik inshootlarning avariyasi aholi yashaydigan 
joylarga falokat keltiradigan yoki I-, II- va III-sinfli inshootlar 
qurilishini uzoq muddat to’xtatib qo’yadigan bo’lsa, ularni IV-sinfga 
kiritish mumkin. Qurilishni olib borish jarayonida foydalaniladigan 
vaqtinchalik to’g’onlar qurilish tunellarini maxsus asoslashdan so’ng 
III-sinfga kiritish ruxsat berilishi mumkin.

Download 0.72 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Foydalanish sharoitlari va kapitalligi bo’yicha

Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish