• Tog’ bosimi.
  • O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/48
    Sana23.03.2022
    Hajmi0.72 Mb.
    #18855
    TuriСборник
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
    Bog'liq
    gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
    2-ma’ruza Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, d-azkurs.org
    Tunnellarning ko’ndalang kesimi. Gidravlika nuqtai 
    nazaridan tunnelning ko’ndalang kesimi bosimli yoki bosimsiz 
    sharoitlarda ishlashi mumkin. Agar tunnel ko’ndalang kesimidan 
    suv to’lib oqsa, u bosimli, to’lmasdan oqsa – bosimsiz bo’ladi. 
    Bosimsiz tunnellarda suvning chuqurligi tunnel balandligining 0,85 
    qismidan oshmasligi, tunneldagi suv sathi bilan uning shipi 
    orasidagi masofa 0,4 m dan kam bo’lmasligi kerak. Bosimsiz 
    tunnellarda suv oqimining tezligi 1,5 – 2,5 m/s, bosimli tunnellarda 
    esa 2,0 – 4,0 m/s oraliqlarda bo’lishi lozim. 
    Tunnellarning ko’ndalang kesimi turli shakllarda bo’lishi 
    mumkin ( 5.5-rasm).
    Bosimli tunnellarning ko’ndalang kesimi odatda doira shaklida 
    tanlanadi. Tunnel ko’ndalang kesimining o’lchamlari ularning suv 
    o’tkazish qobiliyatini ta‘minlashga qaratilgan gidravlik hisoblar 
    asosida qabul qilinadi. Bunday hisoblarni bajarish usullari 
    «Gidravlika» fanida o’rganiladi.
    Tunnellar ichki tomondan hamma vaqt mustahkamlanishi 
    zarur. Faqat tunnel suv singdirmaydigan jinslardan o’tgan 
    vaqtidagina uning ichki kesimi maxsus qoplama bilan 
    mustahkamlanmasligi mumkin. 
    Â
    Â
    5.5-rasm. Tunnellarning ko’ndalang kesim shakllari 


    35 
    Tunnel qoplamalari odatda beton va temirbetondan barpo 
    etiladi. Tunnelning ichki devorlari tosh bilan qoplansa, qoplama usti 
    tsementli qorishma bilan suvaladi. Agar tunnel devorlari beton bilan 
    qoplansa, devorlarda maxsus teshiklar qoldiriladi va beton bilan tog’ 
    jinsini yaxshi birlashtirish maqsadida bu teshiklar orqali tsement 
    eritmalari in‘ektsiya qilinadi. Bo’shroq gruntlarda o’tgan 
    tunnelllarning ichki tomoni temirbeton bilan qoplanadi. Keyingi 
    paytlarda tunnel qoplamalari uchun chuyan bloklardan va boshqa 
    mahsulotlardan ham foydalanilmoqda. 
    Tog’ bosimi. Ma‘lumki, turli chuqurliklarda joylashgan jinslar 
    o’z ustidagi qatlam og’irligi ta‘sirida doimo zo’riqqan holatda 
    bo’ladi. To’nnel qurilishi natijasida uning ustidagi tog’ jinslarining 
    zo’riqish holati o’zgaradi, ya‘ni ta‘sir kuchlari boshqacha 
    taqsimlanadi. Tog’ jinslarining tunnelga (qoplamaga) ko’rsatadigan 
    ta‘siri tog’ bosimi deyiladi. 
    Tog’ bosimi uch xil bo’ladi: 1) yuqoridan pastga yo’nalgan 
    vertikal bosim; 2) gorizontal burchak ostida yo’nalgan ko’ndalang 
    bosim; tunnel o’qi bo’ylab yo’nalgan bo’ylama bosim. 
    Yuqoridan pastga yo’nalgan bosim eng kuchli bo’lib, 
    tunnelning tepasi shu kuchga hisob qilinadi. Tunnelning yon 
    devorlarini hisoblashda yon tomondan ta‘sir qiluvchi kuch inobatga 
    olinadi. Tunnel qoplamasini hisoblash qoidalari «Gidrotexnika 
    inshootlari», «Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar», 
    «Injenerlik konstruktsiyalari» fanlarini o’tish jarayonlarida o’rganiladi. 
    Tog’ bosimini elastiklik nazariyasi qoidalari asosida nazariy yo’l 
    bilan hisoblab topish mumkin (masalan, prof. M. M. Protodyakonov 
    usuli bo’yicha). Lekin ba‘zi hollarda tog’ bosimining nazariy va 
    haqiqiy qiymatlari orasidagi farq ancha katta bo’ladi. Shu sababli 
    nazariy usullardan asosan taxminiy hisoblarda foydalaniladi.
    Tunnellarning texnik loyihalari tuzilayotganda tog’ bosimining 
    haqiqiy qiymati amalda, tunnel quriladigan joyda, tajriba asosida 
    aniqlanadi. Tog’ bosimini o’lchaydigan bir qancha asboblar mavjud. 


    36 
    Shular ichida prof. N. N. Davidenkovning asbobi bilan yaxshi 
    natijalarni olish mumkin. 

    Download 0.72 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish