INJЕNЕRLIK MЕLIORATSIYАSI ASOSLARI




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/48
Sana23.03.2022
Hajmi0.72 Mb.
#18855
TuriСборник
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
2-ma’ruza Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, d-azkurs.org
11. INJЕNЕRLIK MЕLIORATSIYАSI ASOSLARI 
 
11.1. Melioratsiya tushunchasi 
Melioratsiya (lot. melioratio – yaxshilash) deganda ma‘lum 
maydondagi ekinlardan muttasil yuqori hosil olish maqsadida shu 
maydonning noqulay tuproq, gidrogeologik va mikroiqlim 
sharoitlarini yaxshilash tushuniladi. Melioratsiyaning ko’plab tur va 
tarmoqlari mavjud. Masalan, agrotexnik melioratsiya, o’rmon-
texnika melioratsiyasi, gidrotexnikaviy melioratsiya, suv xo’jaligi 
melioratsiyasi, iqlim melioratsiyasi, sug’orish melioratsiyasi, zax 
qochirish melioratsiyasi, madaniy-texnik melioratsiya va boshqalar. 
Tuproqda nam yetishmaganda unga suv berish va suvni dala 
bo’yicha bir tekis taqsimlashdan iborat tadbirlarni sug’orish 
melioratsiyasi amalga oshiradi. Tuproqning unumdorligini oshirish 
maqsadida unga o’simliklar uchun qulay nam tartibotini va u bilan 
bog’liq bo’lgan havo, tuz hamda oziq moddalar tartibotlarini 
vujudga keltirish, shuningdek, tuproqdagi ortiqcha namlikni 
qochirish tadbirlari majmui bilan zax qochirish melioratsiyasi 
shug’ullanadi. 
Yangi yerlarni o’zlashtirish va tuproq unumdorligini oshirishga 
yo’naltirilgan tadbirlar tizimi madaniy-texnik melioratsiya deb 
ataladi. O’rmon-texnika melioratsiyasi muayyan joyning iqlimini 
o’zgartirish maqsadida chakalakzor va o’rmonlar yaratish, cho’l 
o’simliklarini ko’paytirib, dehqonchilikka zarar yetkazuvchi qum 
ko’chmalarini to’xtatuvchi, qorni va nam zahiralarini saqlab qoluvchi 
va sh.o’. boshqa tadbirlar bilan shug’ullanadi. 
Injenerlik tadbirlaridan foydalanish orqali noqulay tabiiy 
sharoitlarni yaxshilash, ya‘ni sug’orish va suv chiqarish 
shaxobchalarini qurish, sizot suvlarini chiqarib tashlash uchun zax 
qochiruvchi hamda tog’ etaklarida selga va toshqinga qarshi 


63 
inshootlar qurish kabi tadbirlar gidrotexnikaviy melioratsiya deb 
ataladi. Sug’orish va zax qochirish melioratsiyasining barcha 
injenerlik yechimlari va tadbirlari bir vaqtning o’zida gidrotexnikaviy 
melioratsiyaning ham tadbirlari bo’lib hisoblanadi. 

Download 0.72 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish