• Tuproq ustidan sug’orish
  • Tuproq ostidan sug’orish
  • Tomchilatib sug’orish
  • Yomg’irlatib sug’orish
  • O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/48
    Sana23.03.2022
    Hajmi0.72 Mb.
    #18855
    TuriСборник
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
    Bog'liq
    gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
    2-ma’ruza Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, d-azkurs.org
     
     
     


    66 
    11.4. Sug’orish usullari 
     
    Sug’orma dehqonchilik amaliyotida hozirgi paytda asosan 
    quyidagi uch xil sug’orish usullari qo’llaniladi: 1) tuproq ustidan; 2) 
    tuproq ostidan; 3) yomg’irlatib. 
    Tuproq ustidan sug’orish juda qadimiy va eng keng 
    tarqalgan oddiy usuldir. Bunda suv ekinning turiga, joyning 
    nishabligiga va tuproqning xossalariga qarab quyidagicha berilishi 
    mumkin: juyak olib; egat olib; bostirib; taxtalarga (pollarga) 
    bo’lib. Bostirib sug’orishda suv kanal yoki ariqdan bevosita to’rt 
    tomoni marzalar bilan o’ralgan maydonlarga kiradi. Taxtalarga bo’lib 
    sug’orish bostirib sug’orishning takomillashtirilgan variantidir. 
    Tuproq ostidan sug’orishda suv tuproqning o’simlik ildizi 
    faoliyat ko’rsatadigan faol qatlamiga tuproq ichiga o’rnatiladigan 
    namlagichlar (masalan quvurlar) yordamida uzatiladi. Tuproqning 
    yuqori qatlamidagi nisbatan chuchuk sizot suvlarining sathini sun‘iy 
    usullar bilan ildiz qatlamigacha ko’tarish (subirrigatsiya) ham tuproq 
    ostidan sug’orish turlariga kiradi. 
    Tomchilatib sug’orish tuproq osti sug’orish usulining 
    turlaridan biri bo’lib, bunda suv quvurlar tarmog’idan maxsus 
    tomchilatkichlar yordamida tuproqning bevosita o’simlik ildizi 
    rivojlanadigan qatlamiga beriladi. Tomchilatib sug’orishda 
    o’simlikning butun rivojlanish davrida tuproq namligi eng maqbul 
    darajada ushlab turiladi. Shu sababli ushbu sug’orish usuli 
    qo’llanilganda hosildorlik 20-50 % ga oshadi. Bundan tashqari 
    ushbu usulni qo’llash suv sarfini 1,5 – 2 baravar tejash imkonini ham 
    beradi. 
    Yomg’irlatib sug’orishda suv maxsus apparatlar (ular bir 
    joyda turuvchi-qo’zg’almas yoki harakatlanuvchan bo’lishlari 
    mumkin) yordamida sug’oriladigan maydon uzra yomg’ir 
    ko’rinishida purkaladi. Yomg’irlatib sug’orishda faqat tuproq 
    namlanib qolmasdan, balki o’simliklarning yer ustidagi qismi ham 
    namlanadi. Yomg’irlatib sug’orish ham suv sarfini ancha tejash 
    imkonini beruvchi usullarga kiradi.  


    67 

    Download 0.72 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish