• Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi
  • Qurilish maxsuloti
  • GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARI QURILISHINI




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/48
    Sana23.03.2022
    Hajmi0.72 Mb.
    #18855
    TuriСборник
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
    Bog'liq
    gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
    2-ma’ruza Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, d-azkurs.org
    12. GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARI QURILISHINI 
    TASHKILLASHTIRISH VA IQTISODIY ASOSLASH 
     
    12.1. Gidrotexnika qurilishining 
    o’ziga xos xususiyatlari 
    Gidrotexnika qurilishi mamlakatimizdagi kapital qurilishning 
    muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. 
    Yangi inshootlarni barpo etish, ta‘mirlash yoki qayta qurish 
    mobaynida bajariladigan ishlarga qurilish ishlari deyiladi. 
    Qurilish ishlarini amalga oshirish qurilish, hamda transport 
    mashinalarini, jixozlarini, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab 
    chiqaruvchi sanoat korxonalari bilan uzviy bogliqdir. 
    Gidrotexnika qurilishi mablag’ bilan asosan davlat byudjeti 
    hisobidan ta‘minlanib, buyurtmachi vazifasini bajaruvchi tashkilotlar 
    orqali amalga oshiriladi. Kichik hajmdagi ishlar boshqa 
    manbalarning mablag’lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. 
    Qurilish ishlarini bajarish tarkibida doimiy ixtisoslashgan 
    ishchilarga, qurilish mashinalari va jixozlariga, ishlab chiqarish 
    bazalariga ega bulgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
    Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi deganda qurilish - 
    montaj ishlarini bajarish usullari ( yer - qoya, beton, temirbeton, yer 
    osti, montaj va b.) majmuasi tushuniladi va bu ishlarni bajarish 
    natijasida qurilish ob‘ektlari binolar va inshootlar, turli sanoat 
    korxonalari, gidrotexnik va transport inshootlari barpo etiladi. 
    Qurilish ishlab chiqarishning eng yuqori bosqichi ishlarni kompleks 
    mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish hisoblanadi. 
    Qurilish maxsuloti deganda foydalanish uchun tayyor bo’lgan 
    korxonalar, binolar va inshootlar tushuniladi. 


    68 
    Qurilish - montaj ishlarini amalga oshirish natijasida qurilish 
    mahsuloti yaratiladi. 
    Qurilishning o’ziga xos tomoni shundaki, uning mahsuloti - 
    binolar, inshootlar va h. ishlab chiqarishni amalga oshirish 
    jarayonida bir joydan qo’zg’almaydi va asosan qaerda barpo etilgan 
    bo’lsa, shu joyda ishlatiladi. Ishchi kuchlari va mehnat qurollari esa 
    ish fronti bo’yicha to’xtovsiz harakatda bo’ladi. Qurilishning yana bir 
    o’ziga xos xususiyati shundaki, uning mahsulotining ishlashga 
    yaroqliligi juda uzun muddatni tashkil etadi. 
    Qurilish maydonchasida ob‘ekt qurilishi boshlanishidan oldin 
    ishlab chiqarish bazasi quriladi, transport va injenerlik 
    kommunikatsiyalari barpo etiladi. 
    Gidrotexnika qurilishining asosiy ob‘ektlari kuyidagilar: 
    sugorish va zax qochirish tarmoqlari; yaylovlarga suv chiqarish 
    tarmoqlari; suv olish uzellari va suv ta‘minoti tarmoqlari; suv 
    omborlari va sh.o’. 
    Gidrotexnika qurilishining asosiy xususiyatlari quyidagilar: katta 
    maydonlarda ishlarni olib borish; qurilish ob‘ektlarining tarqoqligi; 
    gidromeliorativ ob‘ektlardagi ishlarning har–xilligi; qurilish ishlarini 
    murakkab tabiiy sharoitlarda olib borilishi; yer ishlari hajmining 
    ko’pligi; aholi yashaydigan joylardan va asosiy yo’l tarmoqlaridan 
    yiroqligi;

    Download 0.72 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish