• 12.5. Gidrotexnika qurilishini iqtisodiy asoslash Gidrotexnika qurilishini iqtisodiy asoslashda quyidagi ikki usuldan biri qo’llaniladi: 1) mahsulotdan olinadigan sof foyda
  • Gidrotexnika qurilishida bajariladigan




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/48
    Sana23.03.2022
    Hajmi0.72 Mb.
    #18855
    TuriСборник
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
    Bog'liq
    gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
    2-ma’ruza Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, d-azkurs.org
     
    12.4. Gidrotexnika qurilishida bajariladigan 
    ishlarning asosiy turlari 
     
    Ish turlarini ajratuvchi asosiy belgilardan biri ishlatiladigan 
    materialdir. Gidrotexnika qurilishi uchun tavsifli ish turlariga yer 
    ishlari; beton va temirbeton ishlari; montaj ishlari; gidroizolyatsiya 
    ishlari; tosh ishlari; yog’och ishlari; tashish ishlari; ustun qoziq ishlari; 
    portlatish ishlari, tayyorgarlik ishlari va sh.o’ kiradi. 
    Montaj ishlari qurilish konstruktsiyalari elementlarini loyihaviy 
    xolatda urnatish va biriktirish uchun bajariladigan ishlar majmuidir. 


    71 
    Yer, beton, temirbeton, pardozlash va h, hamda montaj ishlari 
    umumqurilish ishlari deb ataladi. 
    Texnologik, sanitar-texnik, elektrotexnik, gidrohimoyalash 
    ishlari va shunga o’xshashlar maxsus ishlar turkumiga mansubdir. 
    Inshoot va binolarni barpo etish bir - biri bilan o’zaro 
    bog’langan qurilish va montaj jarayonlarini amalga oshirish 
    natijasida yaratiladi. 
    Qurilish va montaj jarayonlari asosiy, yordamchi va transport 
    kabi turlarga bo’linadi.
    Asosiy va yordamchi jarayonlar turli vaqtlarda, transport 
    jarayoni esa ko’pincha asosiy va yordamchi jarayonlar bilan bir 
    vaqtda olib boriladi. 
    Qurilish va montaj jarayonlari ketma - ket, parallel va uzluksiz 
    (potok) usullarda amalga oshiriladi. 
    Gidrotexnika qurilishining asosini yer va beton ishlari tashkil 
    etadi. Gidromeliorativ inshootlar qurilishi qiymatining 60-90% ini yer 
    ishlari tashkil etadi. Daryolarda quriladigan gidrotexnika inshootlari 
    va GES lar umumiy qiymatining 60-80% qismini beton va 
    temirbeton ishlari tashkil etadi. 
    12.5. Gidrotexnika qurilishini iqtisodiy asoslash 
    Gidrotexnika qurilishini iqtisodiy asoslashda quyidagi ikki 
    usuldan biri qo’llaniladi: 1) mahsulotdan olinadigan sof foyda 
    bo’yicha asoslash; 2) keltirilgan xarajatlarning minimalligi bo’yicha 
    asoslash. 
    Meliorativ inshootlarning qurilishi ma‘lumki, sug’oriladigan yer 
    maydonlaridagi ekinlardan daromad olishga qaratilan. Bu 
    daromadni olish uchun inshoot qurilishi uchun sarflanadigan kapital 
    mablag’lardan tashqari mahsulotning tannarxini tavsiflovchi 
    (aniqlovchi) ma‘lum yillik xarajatlar ham talab etiladi. Daromad va 
    xarajatlarning farqi sof foyda deyiladi, ya‘ni S.F. = D – X. Meliorativ 
    inshootlar qurilishining iqtisodiy samaradorligi quyidagi ifoda 
    bo’yicha aniqlanadi: 


    72 
    E
    sam
     
    К
    F
    S
    .
    .

    bu yerda E
    sam
    – iqtisodiy samaradorlik koeffitsienti; K – inshoot 
    qurilishi uchun sarflangan kapital mablag’lar. E
    sam
    ning teskari 
    qiymati kapital mablag’larni qoplash muddatini beradi, ya‘ni: 
    T = 1/E
    sam 

    Agar inshoot qurilishidan keladigan foydani aniqlash 
    imkoniyatlari bo’lmasa yoki inshoot loyihasining variantlarini o’zaro 
    taqqoslashda iqtisodiy samaradorlikni quyidagi ifoda bo’yicha 
    aniqlanadigan keltirilgan xarajatlarni minimallashtirish sharti asosida 
    baholash mumkin: 
    С + Е
    m
    К = min., 
    bu yerda С – berilgan variant bo’yicha inshootdan foydalanish 
    uchun sarflanadigan jami yillik xarajatlar; Е
    m
    – iqtisodiy samaradorlik 
    koeffitsientining me‘yoriy qiymati; K- ko’rilayotgan variantda inshoot 
    qurilishi uchun sarflanishi rejalashtirilgan kapital mablag’lar.

    Download 0.72 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish