O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/48
Sana23.03.2022
Hajmi0.72 Mb.
#18855
TuriСборник
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
2-ma’ruza Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, d-azkurs.org
 
12.3. Ishlarni olib borish loyihasini 
 ishlab chiqish 
 
Respublikamizda gidrotexnika ob‘ektlarini loyihalash ishlarini 
loyiha - qidiruv va ilmiy tadqiqot institutlari (O’zdavmeliosuvloyiha, 
Suv loyiha birlashmasi va h.) amalga oshiradi. 
Gidrotexnika ob‘ektlari qurilishi oldindan ishlab chiqilgan ishni 
tashkil qilish loyihasi (ITKL) va ishni olib borish loyihalari (IOBL) 
asosida amalga oshiriladi. Har bir qurilish ob‘ekti loyihasiga bosh 
muhandis tayinlanadi va u loyihalashning butun davri davomida 
loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qiladi va unga texnik 
rahbarlik qilishni amalga oshiradi, loyihaning sifatiga va qurilish 


70 
smeta qiymatining to’g’ri aniqlanganligiga javob beradi. Loyihaning 
har bir bo’limiga bosh muhandis o’rinbosarlari tayinlandi. 
Loyihalashning har bir bosqichida ma‘lum bir masalalar hal 
etiladi. 
ITKL asosan sug’orish tizimlari va gidrotexnik inshootlar 
kompleksi uchun ishlab chiqiladi. 
IOBL ITKL ga asosan ishlab chiqilib, uning tarkibiga quyidagilar 
kiradi: tizim yoki inshootlar kompleksi qurilishining kalendar rejasi 
(to’rsimon yoki chiziqli kalendar grafik); ITKLda ko’zda tutilgan 
tayyorgarlik ishlari hajmi va bajarilish grafigi; qurilish 
maydonchasiga asosiy materiallar, yarim fabrikat, konstruktsiyalarni 
tashib keltirish grafigi; ishchi kuchlari, asosiy qurilish mashinalari va 
mexanizmlari, tashish vositalariga bo’lgan talabning yig’ma grafigi; 
doimiy va vaqtinchalik tashish yo’llari, elektr ta‘minoti sxemalari
kranlarni joylashtirish va boshqalar ko’rsatilgan alohida inshoot yoki 
kompleksning qurilish bosh rejasi; murakkab ishlarni bajarish 
texnologik xaritasi; xavfsizlik texnikasi tadbirlari; jarayonlar bo’yicha 
ish sifatini nazorat qilish sxemalari. 
IOBLni loyihalash tashkiloti, bosh pudratchining texnik xizmat 
bo’limi yoki bosh pudratchi tomonidan jalb etilgan boshqa 
loyihalash tashkiloti amaldagi me‘yoriy hujjatlar asosida tuzadi.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan IOBL qurilish boshlanishidan 
2 oy oldin qurilish tashkilotiga yetkaziladi. 

Download 0.72 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish