• Lingvistik geografiya
  • Izoglossa
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/64
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,52 Mb.
    #104038
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
    Indeks belgilarda ifodalovchi ifodalanmish bilan sabab-natija 
    yoki boshqa munosabat (yaqinlik, makon va zamondagi bog‘liqlik va 
    h.k.) orqali bog‗lanadi. Masalan, tutun olovning indeks belgisi sanaladi. 
    Simvol belgilarda ifodalovchi bilan ifodalanmish o‗rtasida shartli, 
    konvensional, motivlanmagan munosabat mavjud bo‗ladi. Bu munosabat 
    erkin va ma‘lum qoida asosida vujudga keladi. Ana shu jihatdan 
    lingvistik belgilar simvol belgilarga o‗xshaydi. Lekin belgilar 
    tipologiyasida alohida o‗rin egallaydi. 
    Lingvistik geografiya lingvistik hodisalarning tarqalish zonalarini 
    o‗rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‗limi sifatida XIX asr oxirlarida 
    dialektologiyadan o‗sib chiqdi. Dialektologiyada ma‘lum bir tilning 
    dialektal xususiyatlarini aniqlash, mazkur xususiyatlarni aks ettiradigan 
    dialektal atlaslar tuzish kabi muammolar o‗rganiladi. Dialektal atlaslar 
    tuzilishi dialektologiyadan lingvistik geografiyaga o‗tish davri 
    hisoblanadi. Demak, lingvistik atlas tuzish dialektologiya materiallariga 
    asoslanadi.
    Izoglossa – mos hodisalarning u yoki bu a‘zosi tarqalgan eng chet 
    nuqtalarni tutashtiruvchi atlas kartasidagi chiziqdir.
    Til landshafti – ma‘lum bir tilning muayyan hududida tarqalgan 
    izoglossalar yig‗indisidir. 
    Lingvistik geografiya XIX asrning 70 – 80-yillarida dunyoga keldi. 
    Ayrim til hodisalarining hududiy bir-biriga mos kelmaslik holatlarining 
    kuzatilishi lingvistik geografiyaning maydonga kelishiga asos bo‗ldi. Bu 
    bilan bog‗liq ravishda dialektal chegaralarning mavjud emasligi 
    haqidagi tasavvur vujudga keldi. Ana shuning natijasida P.Meyer, 
    G.Paris kabi olimlar umuman dialektlar mavjud emas, degan xulosa 
    chiqardilar. Bu xulosa esa mutaxassislarda e‘tiroz tug‗dirdi. Munozara 
    faqat lingvistik hodisalarni sistemalashtirish va kartalashtirish orqaligina 


    154 
    hal qilinishi lozim bo‗lib qoldi. 1876-yili Germaniyada G.Venker nemis 
    tilining lingvistik atlasini tuzish uchun materiallar to‗play boshladi. 

    Download 1,52 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti

    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish