2
UO‗K: 494.3:01
KBK : 81.3 Уз
Yu 91
Yusupova O. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. O„quv qo„llanma. –
Samarqand: SamDU nashri, 2021. – 180 b.
Mazkur o„quv qo„llanmada “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanini
o„zlashtirish uchun zarur bo„lgan asosiy mavzular berilgan bo„lib,
bu tilshunoslikning boshqa fanlar bilan mUunosabati, fanlarning
integratsiyalashuvi natijasida shakllangan tutash sohalar haqida
talabalarning
tasavvurini
kengaytirishga,
dastlabki
bilimlarini
rivojlantirish va chuqurlashtirishga, qo„shimcha ma‟lumotlar bilan
ta‟minlashga mo„ljallangan.
Oo„llanmadan
filologiya
ta‟lim
yo„nalishi
talabalari,
magistrantlar, tadqiqotchilar hamda ushbu fandan dars o„tuvchi prof-
o„qituvchilar va boshqa qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
Mas‟ul muharrir: filologiya fanlari doktori,
professor
Suyun Karimov
Taqrizchilar:
filologiya fanlari doktori,
prof.
Dilbar O„rinboyeva
filologiya fanlari doktori,
prof.
Azamat Pardayev
Ushbu o‘quv qo‘llanma Samarqand davlat universiteti Kengashining
2021-yil 30 noyabrdagi 5-bayonnoma qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
ISBN 978-9943-6645-5-5
Samarqand davlat universiteti, 2021.
3
Kirish
XXI asr jahon tilshunosligida tilshunoslikning boshqa fanlar bilan
integratsiyalashuvi
natijasida
shakllangan
sotsiolingvistika,
antropolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, neyrolingvistika,
kompyuter
lingvistikasi, areal lingvistika, onomastika, kognitiv
tilshunoslik kabi qator sohalar rivojlanmoqda, yangidan yangi
nazariyalar, yo‗nalishlar shakllanmoqda. Ushbu yo‗nalishlar bo‗yicha
o‗zbek tilshunosligida ham
qator tadqiqotlar olib borilib, tilimizning
boyligi, kuch-qudrati, ifoda imkoniyatlari, o‗ziga xos jihatlari, qirralari
har tomonlama ochib berilmoqda. Mamlakatimizda O‗zbekiston
Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyevning sa‘y-harakatlari bilan
ona tilimiz rivoji, taraqqiyoti sari yangi qadamlar tashlanmoqda,
tilimizning jahon arenasidagi o‗rniga e‘tibor
qaratilmoqda, gullab-
yashnashiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Zero, yurtboshimiz
ta‘kidlaganlaridek, dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‗lgan
o‗zbek tili xalqimiz uchun milliy o‗zligimiz va mustaqil
davlatchiligimiz timsoli
, bebaho ma‘naviy boylik, buyuk qadriyatdir.
1
Ushbu sohalar bo‗yicha dastlabki ma‘lumotlardan filologiya
ta‘lim yo‗nalishidagi talabalar xabardor bo‗lishlari zarurligi bois,
―Tilshunoslik va tabiiy fanlar‖ fani fan sifatida o‗tilmoqda. Mazkur fan
tilshunoslikning
ijtimoiy-gumanitar fanlar, tabiiy fanlar bilan
munosabatini yoritish bilan talabalarning boshqa umumkasbiy fanlarni
o‗zlashtirishiga zamin bo‗lib xizmat qiladi, bu boradagi asosiy bilim va
ko‗nikmalarni hosil qilishda yordam beradi. Bu fan bilish bosqichlari,
fahmiy billish va nazariy bilish, bilish haqida allomalarimizning fikrlari,
fanlar tizimi va bu tizimda tilshunoslikning tutgan o‗rni,
tilshunoslikning fiziologiya, nevralogiya, kimyo, fizika,
matematika,
kibernetika, geografiya bilan munosabati to‗g‗risida ma‘lumotlar
beradi. Tilshunoslikning tabiiy fanlar bilan aloqalari tufayli shakllangan
neyrolingvistika, kompyuter lingvistikasi kabi yo‗nalishlarning
1
Президент Шавкат Мирзиѐевнинг ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига
бағишланган тантанали маросимдаги нутқи.
http://xs.uz/uz/
–Toshkent, 2019.
4
shakllanish tarixi, maqsad va vazifalari, predmeti va obyekti haqida
zaruriy bilimlar hosil qiladi. Ushbu fanda tilshunoslikning, nafaqat
tabiiy
fanlar bilan munosabati, balki ijtimoiy fanlar: falsafa, mantiq,
tarix, etnografiya, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, psixologiya,
adabiyot bilan munosabatlari ham o‗rganiladi. Tilshunoslikning tabiiy
fanlarga ta‘siri, tabiiy fanlar bo‗yicha atamalarni me‘yorlashtirish
masalasi va lug‗atlar tuzish, bu borada
olib borilayotgan ishlar,
tilshunos olimlarning xizmatlari haqida bilim va ko‗nikmalar beradi.
Ushbu
fan
bo‗yicha
2001-yilda
A.Nurmonov,
B.Yo‗ldoshevlarning ―Tilshunoslik va tabiiy fanlar‖ o‗quv qo‗llanmasi
yaratilgan bo‗lsa-da, bugungi kunda fanlar integratsiyalashuvi
kuchayishi natijasida yangi tutash sohalarning rivojlanayotgani, bu
sohalarda ko‗plab tadqiqotlar yaratilyotgani, yangi nazariyalar
shakllanayotgani ushbu fandan to‗ldirilgan, mukammallashtirilgan yangi
qo‗llanmalarga zaruratni keltirib chiqarmoqda. Mazkur qo‗llanma shu
zarurat mahsuli sifatida fanning namunaviy dasturi, ishchi o‗quv reja
asosida tuzildi va ―Tilshunoslik va tabiiy fanlar‖
fanidan asosiy bilim
va ko‗nikmalarni berishda manba vazifasini o‗tay oladi, degan
umiddamiz.