• Tayanch so‘z va iboralar
  • -mavzu: Tilshunoslik va mantiq. Mantiqiy kategoriyalarning




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/64
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,52 Mb.
    #104038
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
    3-mavzu: Tilshunoslik va mantiq. Mantiqiy kategoriyalarning 
    tilshunoslikka tatbiq etilishi.Til birliklari va mantiqiy birliklar 
    Reja: 
    1.Tilshunoslik va mantiq. Til va tafakkur, tilshunoslik va mantiq 
    o‗rtasidagi dialektik aloqa.
    2. Til birliklari va mantiqiy birliklar. 
    Tayanch so‘z va iboralar: mantiq, tafakkur, tushuncha, hukm, 
    xulosa, so„z, so„z birikmasi, gap, subyekt, predikat, bog„lama 
    1.Tilshunoslik va mantiq. Til va tafakkur, tilshunoslik va 
    mantiq o„rtasidagi dialektik aloqa. Inson tafakkuri, zakovati – eng 
    oliy ne‘mat. Fikrlash qobiliyati esa insonning barcha muvaffaqqiyatlari 
    asosi. Tafakkur orqaligina u obyektiv borliqni taniydi, mantiqiy bilishga 
    erishadi. Insonning ong va shuuri voqelikni idrok etish, qabul qilish 
    jarayonini boshqaradi. Ong, tafakkur haqida fikr yuritar ekanmiz, bu 
    murakkab insoniy hodisalarning nutq bilan, kishi, xalq tili bilan 
    chambarchas bog‗liq ekanligini, tilsiz tafakkur va tafakkursiz til mavjud 
    emasligini yana bir karra ta‘kidlash zarur. Ayni mana shu sabab 


    22 
    tilshunoslik mantiq fani bilan ham uzviy aloqadordir. Tilshunoslik 
    nazariyasiga oid manbalarda tilshunoslikning mantiq fani bilan aloqasi 
    haqida quyidagicha fikrlar bildiriladi: ―Til – fikr ifodalash quroli. Fikr 
    esa mantiqda o‗rganiladi. Grammatikaning kategoriyalari mantiq 
    kategoriyalarini ifodalaydi. Shunday ekan, grammatika va mantiq 
    o‗rtasida ham bog‗liqlik bo‗lishi kerak‖.
    15
    Mantiq faniga oid 
    darsliklarda bu aloqadorlik haqida quyidagi fikrlar keltiriladi: ―Fikrda 
    ifoda qilinayotgan obyekt hamma vaqt ham unda chin fikr ko‗rinishida 
    aks etmasligi mumkin. Uning sababi shundaki, fikrning chinligi 
    muayyan darajada uni aks ettirayotgan til ifodasiga bog‗liq. Bu holat 
    mantiqning lingvistika bilan aloqador ekanligini ko‗rsatadi. Mantiq 
    mulohazalar implikatsiyasi bilan ish ko‗rar ekan, u bevosita fizikaviy 
    yoki tarixiy hodisalar bilan bog‗liq emas. U faqat so‗zlar bilan ish 
    ko‗radi. Va ana shuning uchun ham asosiy e‘tiborini so‗zning ma‘no-
    mazmuniga qaratadi. Bunday bo‗lishi tabiiy holdir‖. 
    16
     
    Mantiq (logika) eng qadimgi fanlardan biri bo‗lib, uning asoschisi 
    yunon faylasufi Aristoteldir. Logika (Logos) termini grek tilida ―fikr‖, 
    ―so‗z‖, ―aql‖, ―qonuniyat‖ kabi ma‘nolarni ifodalaydi. Mantiq (logika) 
    atamasi quyidagi ma‘nolarda qo‗llanadi: birinchidan, obyektiv olam 
    qonuniyatlarini ifodalashda (masalan, ―obyektiv mantiq‖, ―narsalar 
    mantig‗i‖ kabi iboralarda; ikkinchidan, har bir insonning o‗ziga xos 
    tafakkurlash usulini, fikrlar o‗rtasidagi aloqadorlikni anglatishda 
    (masalan, ―subyektiv mantiq‖ iborasida) va uchinchidan, tafakkur 
    shakllari va qonunlarini o‗rganuvchi fan ma‘nosida. Mantiq ilmining 
    o‗rganish obyektini tafakkur tashkil etadi.
    17
    ―Tafakkur‖ so‗zi arabcha 
    so‗z bo‗lib, o‗zbek tilidagi ―fikrlash‖, ―aqliy bilish‖ so‗zlariga teng 
    ma‘noli tushuncha sifatida qo‗llaniladi va ―O‗zbek tilining izohli 
    lug‗ati‖da: ―Tafakkur [a] - obyektiv voqelikning tasavvur, tushuncha 
    va muhokamadagi faol in‘ikosi jarayoni, insonning fikrlash qobiliyati, 
    fikrlash‖, – deb ta‘riflanadi. 
    18
    Tafakkur bilishning yuqori bosqichi - 
    15
    Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. –Тошкент: Ўқитувчи, 1979.–Б.10. 
    16
    Файзихўжаева Д. Мантиқ.Дарслик. –Тошкент, 2017. –Б.14. 
    17
    Файзихўжаева Д. Мантиқ. (Ўқув-услубий қўлланма) –Тошкент, 2011. –Б.7. 
    18
    Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II томлик, 2-том. –М.: Рус тили, 1981. –Б.133. 


    23 
    ratsional (lotincha ratio – aql) bilish bo‗lib, unda predmet va 
    hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‗rtasidagi 
    ichki, zaruriy aloqalar, ya‘ni qonuniy bog‗lanishlar aks ettiriladi. 
    Manbalarda aqliy bilish, tafakkurlashning quyidagi asosiy xususiyatlari 
    tilga olinadi:
    1. Tafakkurda voqelik mavhumlashgan va umumlashgan holda 
    in‘ikos qilinadi. Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar o‗rtasidagi 
    munosabatlar va bog‗lanish usullarini o‗rnatishni taqozo etadi. Turli xil 
    predmetlar fikrlash jarayonida o‗xshash va muhim belgilariga ko‗ra 
    sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning mohiyatini tushunish, 
    ularni xarakterlaydigan qonuniyatlarni bilish imkoniyati tug‗iladi. 
    Masalan, ―o‗simlik‖ tushunchasida barcha o‗simliklar bitta mantiqiy 
    sinfga birlashtirilib, ularga xos muhim, umumiy xususiyatlar (masalan, 
    hujayradan tashkil topganligi) bilib olinadi.
    2. Tafakkurda mavjud bilimlarga tayangan holda yangi bilimlar 
    hosil qilinishi mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosa 
    chiqarishda aniq namoyon bo‗ladi. Fikrlash bunda predmet va hodisalar 
    o‗rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, ob-havoning o‗zgarishiga 
    qarab olinadigan hosil miqdori haqida fikr yuritish mumkin. Demak, 
    tafakkurda borliq nafaqat bevosita, balki bilvosita ham aks eta oladi.
    3. Tafakkur insonning ijodiy, konstruktiv faoliyatidan iborat. Bilish 
    jarayoni borliqda real mavjud bo‗lmagan narsalarni fikrda yaratish, 
    tushunchalarni shakllantirish, turli xil formal sistemalarni qurish orqali 
    amalga oshadi. Natijada predmet va hodisalarning eng murakkab 
    xususiyatlarini o‗rganish, hodisalarni oldindan ko‗rish, bashoratlar qilish 
    imkoniyati vujudga keladi.
    4. Tafakkur til bilan uzviy bog‗liqdir. Fikr ideal hodisadir. U faqat 
    tilda – moddiy hodisada (tovush to‗lqinlari, grafik chiziqlari, qo‗l 
    harakatlarida) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, 
    his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‗zaro fikr almashish 
    vositasiga aylanadi.
    19
    19
    Файзихўжаева Д. Мантиқ. (Ўқув-услубий қўлланма) –Тошкент, 2011. –Б.7-8. 


    24 

    Download 1,52 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Tilshunoslik va mantiq. Mantiqiy kategoriyalarning

    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish