• Bilishning mohiyati. Bilish shakllari.
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/64
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,52 Mb.
    #104038
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    I BOB.
    Tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan munosabati 
    1-mavzu: Fan va uning paydo bo„lishi. Fan tushunchasi. Fanlar 
    sistemasi. Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o„rni 
    Reja: 
    1.Bilishning mohiyati. Bilish shakllari. 
    2. Fan tushunchasi. Fan va uning paydo bo‗lishi. 
    3.Fanlar sistemasi. Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o‗rni. 
    Tayanch so„z va iboralar: Bilish, bilish shakllari, ilmiy bilish, fan
    fanlar sistemasi, tabiiy fanlar, aniq fanlar, ijtimoiy fanlar, tilshunoslik 
    1. Bilishning mohiyati. Bilish shakllari. Bilish insonning tabiat, 
    jamiyat va o‗zi to‗g‗risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, 
    ma‘naviy faoliyat turidir. Inson o‗zini qurshab turgan atrof-muhit 
    to‗g‗risida bilim va tasavvurga ega bo‗lmay turib, faoliyatning biron-bir 
    turi bilan muvaffaqiyatli shug‗ullana olmaydi. Bilishning mahsuli
    natijasi ilm bo‗lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‗y 
    beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo‗lgan ma‘naviy ehtiyoj, 
    hayotiy zaruryatdir. Insoniyat ko‗p asrlar davomida orttirgan bilimlarini 
    umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o‗zi 
    uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi 
    muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar hosil 
    qiladi. Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qilish 
    butun insoniyatga xos bo‗lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy 
    ehtiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va 
    rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy 
    faoliyat bilan bevosita shug‗ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi 
    alohida sotsial guruh vujudga keldi. Bular – ilm-fan kishilari bo‗lib, 
    ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug‗ullanadilar. Bilim shakllari orqali 
    inson o‗zini qurshagan olamni anglab yetadi, uni har xil usullar 
    yordamida o‗zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish 



    mumkin. Birinchi, moddiy-texnikaviy usul – tirikchilik vositalarini 
    ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma‘naviy (ideal) usul.
    O‗z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar amaliyot 
    va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o‗zining har 
    xil shakllarida mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o‗zaro 
    bog‗liq bo‗lsa-da, lekin bir-biriga o‗xshamaydi va har biri o‗ziga xos 
    xususiyatlarga ega. N.Shermuxamedovaning ―Gnoseologiya – bilish 
    nazariyasi‖ kitobida bilish shakllarining eng asosiy turlari va ularning 
    mohiyati keltirib o‗tilgan.
    2
    Kundalik amaliy bilim. Bu bilim shakli tabiat 
    haqida, shuningdek odamlarning o‗zlari, ularning yashash sharoiti
    ijtimoiy aloqalari va hokazolar to‗g‗risida elementar bilimlar beradi. 
    Kundalik amaliy bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli
    hisoblanib, kundalik hayot, odamlar amaliy tajribasidan kelib chiqqan. 
    Shu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam bo‗lsa-da, biroq tartibsiz, 
    tarqoq xususiyatga ega bo‗ladi, ma‘lumotlar, qoidalar va shu kabilarning 
    oddiy majmuini tashkil etadi. Kundalik bilish sohasi juda rang-barang. U 
    sog‗lom fikr, e‘tiqodlar, belgi-alomatlar, shaxsiy tajribadan chiqarilgan 
    xulosalar, ularning an‘analar, rivoyatlar, o‗gitlar va hokazolarda 
    ifodalangan ko‗rinishlari, intuitiv ishonch, sezgilar va shu kabilarni o‗z 
    ichiga oladi. Mifologik bilim. Insoniyat tarixining dastlabki bosqichida 
    muhim ahamiyatga ega bo‗lgan bilim shakllaridan biri bo‗lib, u 
    borliqning fantastik in‘ikosi hisoblanadi. Mifologiya doirasida tabiat, 
    koinot va odamlar, ular mavjudligining shart-sharoitlari, aloqa shakllari 
    va hokazolar haqidagi muayyan bilimlar shakllangan. So‗nggi vaqtda 
    mifologik tafakkur – bu shunchaki fantaziyaning tiyiqsiz o‗yini emas, 
    balki ajdodlar tajribasini qayd etish va keyingi avlodlarga berish uchun 
    imkoniyat yaratadigan dunyoni o‗ziga xos tarzda modellashtirish 
    ekanligi aniqlandi. Mifologik tafakkurga uning emotsiyalar sohasi bilan 
    uzviyligi, bilish obyekti va subyektini, predmet va belgini, narsa va 
    so‗zni, hodisaning kelib chiqishi (genezisi) va mohiyatini aniq 
    farqlamaslik xos. Unda tabiiy va ijtimoiy hodisalarni, shuningdek, butun 
    dunyoni tushuntirish ularning kelib chiqishi va yaralishi haqidagi 
    2
    Shermuxamedova N. Gnoseologiya – bilish nazariyasi. –T., 2008. –B.21-34. 



    hikoyalarga bog‗langan. Mif ibtidoiy odam tafakkurining tabiat 
    hodisalarini tushunish va tushuntirishning o‗ziga xos xususiyatlari bilan 
    belgilanadi. Falsafiy bilim. Falsafa, san‘at va din kabi, bilish 
    vazifalarini yechish bilangina kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi 
    san‘at va din bilan uyg‗un holda – insonning dunyoda ma‘naviy mo‗ljal 
    olishiga ko‗maklashishdan iborat. Falsafiy bilim ayni shu maqsadga 
    bo‗ysundirilgan. Falsafa umuman dunyo, uning ―birinchi‖ asoslari, 
    hodisalarning universal o‗zaro aloqasi, borliqning umumiy xossalari va 
    qonunlari haqida tasavvurni shakllantiradi. Me‘yorlar va ideallar, ilmiy 
    bilimlar va san‘at yutuqlari, insonning tashvishlari, ehtiyojlari, hayot 
    mazmunini anglash yo‗lidagi izlanishlari faylasufning dunyo qarashini, 
    falsafiy mushohada yuritish shaklini belgilaydi. Falsafa jamiyat ongi, 
    jamiyat madaniyatining nazariy ifodasi sifatida amal qiladi. U tafakkur 
    tarzi, qadriyatlar, ideallar, falsafiy muammolar va ularni ko‗rib chiqish 
    xususiyatini belgilaydigan madaniyat bilan uzviy bog‗liqdir. Falsafa 
    umuman dunyoga va madaniyat subyekti sifatidagi insonga murojaat 
    etadi. Falsafiy bilim donishmandlik sifatida tavsiflanadi. 
    Donishmandlik – dunyoni va insonning undagi o‗rnini yaxlit tushunish 
    andozasi. Falsafa barcha odamlar uchun muhim bo‗lgan haqiqatlarning 
    tagiga yetish uchun (ilmiy va noilmiy) bilimgan foydalanadi. Kant 
    falsafa inson aqlining boshqa bilimlarga oliy qadriyat tusini beruvchi 
    eng so‗nggi maqsadlarini anglab yetishni tushuntirishga, bu bilimlarning 
    inson uchun ahamiyatini aniqlashga yordam beradi, deb hisoblagan. 
    Falsafa inson faoliyatini yo‗lga soluvchi tamoyillar, yondashuvlar
    qadriyatlar va ideallar tizimini, uning dunyoga va o‗z-o‗ziga 
    munosabatini belgilaydi. Dunyoning inson bilan mushtarak holdagi 
    obrazini yaratib, falsafa muqarrar tarzda qadriyatlar dunyosiga murojaat 
    etadi. Etika, estetika, aksiologiya – falsafiy bilimning qadriyatlar 
    dunyosini o‗rganuvchi maxsus sohalardir. Falsafa san‘atda o‗zining 
    yorqin va ishonarli ifodasini topishi bejiz emas. Ko‗pgina faylasuflar 
    uning metaforalarga boy obrazli tilidan o‗z g‗oyalarini ifodalash uchun 
    foydalanadi. Falsafiy bilimning bosh maqsadi – insonni kundalik 
    tashvishlar sohasidan olib chiqish, unda yuksak ideallarga qiziqish 
    uyg‗otish, uning hayotiga chin mazmun baxsh etish, eng zamonaviy 



    qadriyatlar sari yo‗l ochishdir. Falsafiy bilimda ikki asos – ilmiy-
    texnikaviy va nazariy-ma‘naviy asoslarning uyg‗unlashishi uning 
    ongning betakror shakli sifatidagi o‗ziga xos xususiyatini belgilaydi. 

    Download 1,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti

    Download 1,52 Mb.
    Pdf ko'rish